zino xakida
Zino xakida tulik ma’lumot bersangiz. Shuningdek zino tugrisida kiskacha bulsa xam ma’lumotlar, dalillar keltirib ma’lumot bersangiz. Zino kilishda boshka millat va boshka dinga mansub insonlar bilan zino kilishda kanday gunoxlarga buladi. Agarda zinodan bosh tortib turgan vaktda zinoni xoxlamasa, Ayolning uzi shu narsani xoxlab kolsa va zinoga majburlasachi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
ZINOZino mulk va uning shubhasidan xoli bo‘lgan old jinsiy olatga yaqinlik qilishdir.Bu ta’rifdagi mulkdan murod aqdi nikohdir. Mulk shubhasi deganda uch boin taloqning iddasida o‘tirgan ayolga o‘xshash holatlar. Ya’ni, o‘zi uch boin taloq qo‘ygan xotinga bo‘laversa kerak deb jinsiy yaqinlik qilsa, zino bo‘lmaydi.Imom Abu Hanifa zinoni quyidagicha ta’riflaganlar:«Zino sahih aqdi nikoh va uning shubhasidan xoli bo‘lgan ayolning oldiga xatna qilingan joyni ichkariga kiritib yaqinlik qilishdir».ZINONING SOBIT BO‘LIShIZino ikki yo‘l bilan sobit bo‘ladi:1. Dalil hujjat bilan.2. Iqror bilan.Zinoning dalil hujjat bilan sobit bo‘lishi quyidagicha:U to‘rt kishining zino haqida guvohlik berishi ila sobit bo‘ladi.Zinoning dalil bilan sobit bo‘lishiga shartlardan biri to‘rtta erkak guvoh bo‘lishidir.Alloh taolo «Niso» surasida:«Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga o‘zlaringizdan to‘rtta guvoh keltiring», degan (15 - oyat).Alloh taolo «Nur» surasida:«Pokiza ayollarga (bo‘hton) toshi otib, so‘ngra to‘rtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar», degan (4 - oyat).Alloh taolo «Nur» surasida:«U(ifkchi)lar o‘sha(ifk)ga to‘rtta guvoh keltirsalar bo‘lmasmidi?!» - degan (- oyat).Zinoning dalil bilan sobit bo‘lishiga shartlardan ikkinchisi guvohlar zino lafzini aytib guvohlik berishlaridir. Agar ular jinsiy yaqinlik va shunga o‘xshash boshqa lafzlarni ishlatsalar qabul bo‘lmaydi. Chunki, aynan zino lafzi harom va fohisha ishga dalolat qiluvchidir.Demak, zino to‘rtta odil, musulmon, hur erkak kishining bir joyda, bir xilda guvohlik berishi bilan bo‘ladi.Imom guvohlardan zino nimaligi, uning kayfiyati, qaerda, qachon va kim bilan zino qilganligi haqida so‘raydi. Agar ular bayon qilib bersalar va biz uni surmadonga cho‘pi suqilib turgandek holda ko‘rdik desalar va maxfiy hamda oshkora ravishda adolatlari sobit bo‘lsa, zinoga hukm bo‘ladi.Guvohlar erkak bilan ayol o‘sha ishni qilib turganlarini birdek, aniq ko‘rgan bo‘lishlari kerak. Zino bo‘lgan joy, vaqt haqidagi gaplari ham bir xil chiqishi lozim. Bo‘lmasa, zino sobit bo‘lmaydi va o‘zlariga qazf uchun hadd uriladi.Guvohlar guvohlik berganidan so‘ng, ularning shaxslari tekshirib ko‘riladi. Agar ular odil bo‘lmasalar, ya’ni, shariat ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, yolg‘on gapirgan, avvalgi bergan guvohligi yolg‘on chiqqan bo‘lsa, guvohliklari qabul qilinmaydi.Zinoning iqror bilan sobit bo‘lishi quyidagicha:Va zino zinokorning to‘rt majlisda to‘rt marta iqror bo‘lishi bilan sobit bo‘ladi. Imom uni har marta rad qiladi. Agar u bayon qilib bersa, ehtimol ushlagandirsan va shunga o‘xshash gaplar bilan qaytishni talqin qilib mandubdir. Agar hadddan oldin yoki uning o‘rtasida qaytsa, qo‘yib yuboriladi. Illo hadd qoim qilinadi.Zinokorning iqrori–zino qilganini ochiq-oydin ibora bilan aytmog‘idir. Yana u o‘ziga harom bo‘lgan ayol bilan bilib turib jinsiy aloqa qilganini e’tirof etishi kerak. Unga birov ta’sir o‘tkazmagan, majbur qilmagan, aqlu hushi joyida bo‘lishi kerak. Abu Hanifa roziyallohu anhu va boshqa ba’zi ulamolar zinokorning iqrori to‘rt marta bo‘lishi kerak, derlar. Zinokor oldin iqror bo‘lib turib, keyin iqroridan qaytsa ham, unga jazo qo‘llanmaydi.Bu masalada eng mashhur hodisa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bo‘lib o‘tgan Mo’iz ibn Molik al-Aslamiy hodisasidir. Bu hodisa barcha hadis, tafsir va tarix kitoblarimizda keltirilgandir. Hodisaning xulosasi quyidagicha:Mo’iz al-Aslamiy Huzzol ibn Nu’aym ismli kishi qaramog‘idagi etim yigit edi. O‘sha joydagi bir cho‘ri qiz bilan zino qilib qo‘ydi. Huzzol uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib borib, qilgan ishini o‘zi aytib berishga buyurdi. Shoyad buning uchun istig‘for aytsalar, deb o‘yladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda o‘tirgan edilar, Mo’iz oldilariga keldi va: «Ey Allohning Rasuli, ta’kidlab aytamanki, men zino qildim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan yuzlarini o‘girdilar va: «Sho‘ring qursin! Ortingga qayt! Allohga istig‘for aytib tavba qil», dedilar. U esa, Rasulullohning sollallohu alayhi vasallam ro‘baro‘lariga o‘tib:«Ta’kidlab aytamanki, men zino qildim», dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam undan yana yuzlarini o‘girib oldilar. U esa, yana ro‘baro‘lariga o‘tib: «Ey Allohning Rasuli, meni poklang! Men zino qildim», dedi. Unga Abu Bakr Siddiq: «Agar to‘rtinchi bor iqror bo‘lsang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni, albatta, toshbo‘ron qiladilar», dedi. Ammo u o‘z gapida turib oldi: «Ey Allohning Rasuli, shubhasiz, men zino qildim, meni poklab qo‘ying», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Ehtimol o‘pgandirsan, quchoqlagandirsan yoki qaragandirsan?» dedilar. U:«Yo‘q», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U bilan birga yotdingmi?» deb so‘radilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Unga yaqinlik qildingmi?» dedilar. U: «Ha», deb javob qaytardi. U zot: «Uni o‘zingga jamladingmi?» deb so‘radilar. U yana: «Ha», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqat jinsiy yaqinlikka ishlatiladigan iborani qo‘lladilar. Boshqa hech erda, hech qachon bu iborani ishlatmagan edilar. Chunki birovning o‘limiga hukm chiqarish oson emas edi. U esa, o‘sha savolga ham: «Ha», deb javob berdi. U zot: «Surma cho‘pi surmadonga kirganga o‘xshab-a?» dedilar. U: «Ha», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan: «Zinoni bilasanmi o‘zing?» deb so‘radilar. U: «Ha, bilanman, men unga harom aloqa qildim, erkak o‘z xotini bilan qilsa halol bo‘ladigan aloqani qildim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Nikohda bo‘lganmisan?», dedilar. U:«Ha», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofidagi sahobalardan: «Bu o‘zi jinni emasmi?» deb so‘radilar. Ular uning majnun emasligi haqida xabar berdilar. So‘ngra: «Aroq ichganing yo‘qmi?» deb so‘radilar. Shunda bir odam turib borib, uning og‘zini hidlab ko‘rdi. Undan aroq hidi ham kelmadi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Huzzolga: «Agar buni berkitganingda o‘zingga yaxshi bo‘lar edi», dedilar. So‘ngra toshbo‘ron qilishga amr etdilar. Madinaning tashqarisida toshbo‘ron qilindi. U toshbo‘ronning alamini totganda baqira boshladi: «Ey qavm, meni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qaytarib olib boringlar! Meni qavmim halok qildi, aldashdi, meni Rasululloh qatl qilmasliklarini aytishgan edi!» dedi. Lekin odamlar uni to o‘lgunicha toshbo‘ron qildilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga u toshbo‘ron alamidan dodlab, o‘limdan qochgani zikr qilinganida, u zot: «Qo‘yib yuborsangiz, Allohga tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘larmidi», dedilar».ZINO IYMONDAN EMASBiz mulohaza qilmoqchi bo‘lgan mavzu o‘ta muhim va yirik muammo bo‘lib, hozirgi kunda o‘jamiyatimizning yuz tuban ketishiga asosiy sabablardan biridir.Ko‘p yillik ma’naviy qashshoqlik tarbiyaning sustligi yoki butunlay izdan chiqqanligi va boshqa bir talay omillar yurtimizda zino tarqalishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda ko‘pgina balo-ofatlar kelib chiqdi.Xo‘sh, zino nima? Dunyo xalqlari unga qanday qaraganlar? Avvalo, shular haqida so‘z yuritsak.Zino barcha xalq lar tushunchasida — begona erkak va ayolning nikohsiz jinsiy aloqada bo‘lishidir. Bu ish jamiki dinlar, xalqlar tuzumlar, falsafalarda or-nomussizlik uyat, ifloslik va razolat hisoblangan. Chunki insonning sof qalbi o‘z-o‘zidan bu qabih ishni tabiatan qoralaydi, yoqtirmaydi.Hozirgacha insoniyat zinoni razolatlarning kattasi deb hisoblab kelmoqda. Bu fikrga insoniylik idorasidan chiqqan, havoi nafsini aqlidan ustun qo‘yadiganlargina qarshi chiqishlari mumkin. Ular odatda yashirin tarzda harakat qiladilar, jamoatchilik nafratidan qo‘rqib yuradilar.Ming afsuski, zino hozirgi kunda bizning ona yurtimiz uchun ham katta illatlardan biri bo‘lib turibdi. Nomahram erkakka qorasini ko‘rsatishni o‘ziga or deb bilgan mastura momolar yurtida insoniylik va ayollik nomiga dog‘ tushuruvchi fohishalar bemalol harom-harish bilan shug‘ullanmoqdalar. Begona ayolga g‘araz ko‘z bilan nazar tashlashni nomardlik hisoblagan mardu maydon bobolar yurtida erkaklik nomini bo‘lg‘ayotgan, hayvoniy xirsni hamma fazilatlardan ustun qo‘yuvchi sharmandalar ko‘krak kerib gerdayib yuribdilar.Xalqimiz o‘zini tanibdiki, zinoni ulkan gunoh, kechirilmas ayb deb biladi. Negaki, Qur’oni Karimda Alloh taolo musulmonlarga xitob qilib: «Zinoga yaqinlashmanglar, albatta u fohisha ish va yomon yo‘ldir», deganlar. Chunki ular zino naslu nasabning buzilishiga, oilalarning parchalanishiga, insoniy munosabatlarning yomonlashuviga, turli kasalliklarning tarqalishiga, ahloqning qulashiga va boshqa balo-ofatlarga sabab ekankni yaxshi bilganlar.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Qaysi qavmda znno tarqalsa, Alloh taolo ularni ota-bobolari bilmagan kasallikka mubtalo qiladi», deganlar.Bobolarimiz zinoni xayollariga ham keltirmaganlar. Chunki ularning mahbub payg‘ambarlari: «Zinokor zino qilganda muminligi qolmaydi», deganlar.Mo‘minlik - iimon, bobolarimiz uchun hamma narsadan ustun bo‘lgan. Ular oxirat azobidan qo‘rqqanlar, shu bois boshqa gunohlar qatori zinoga ham yaqinlashmaganlar.Shu bilan birga barcha zinokorlarga nisbatan joriy qilingan jazo choralari ham qat’iy bo‘lib, jamiyatda zinoning tarqalishini cheklagan. Shariat bo‘yicha, oila qurgan, nikohda bo‘lgan shaxsning zino qilgani isbotlansa, u toshbo‘ron qilib o‘ldirilgan. Oila sharafini, er-xotinlik hurmatini bila turib haromga yurganlar jamiyatga, insoniyagga nisbatan qilgan bu jinoyatlari uchun xuddi shu jazoga haqiqatda loyiqdurlar.Agar zinokorlar avval nikohda bo‘lmagan bo‘lsa, ko‘pchilikking oldida yuz darra urilgan.Ko‘rib turibsizki, ikki turdagi jazo ham omma huzurida bo‘lgan. Bu esa gunohkorlarga jazo bo‘lish bilan birga o‘zgalarga ibrat ham bo‘lgan. Odamlar bir kun kelib ko‘pchilik oldida sharmandai sharmisor bo‘lishdan qo‘rqqanlar. Hukmning o‘ziyoq yomon niyatlilar qalbiga dahshat solgan. Tajriba ham shuni ko‘rsatadi. Payg‘ambar alayhissalom vaqtlarida faqat 2—3 kishi shunday jazoga tortilganidan so‘ng jamiyat bu balodan xalos bo‘lgan.Kezi kelganda aytib o‘tmoq lozimki, shariat hukmlari bir-biri bilan chambarchas bog‘lik bo‘lib, birisiz ikkinchisini ijro etib bo‘lmaydi. Ijro etilganda ham hokimiyat tomonidan tekshirilib, barcha qoidalarga to‘lik amal qilingan holda bajariladi.Hozirgi kunda zinokorlarga nisbatan shariatda ko‘rsatilgan jazo qo‘llanilmaydi, desak xato bo‘lmas. Shuning uchun ham chet musulmon o‘lkalardagi ulamolarga: «Tavba qilmoqchi bo‘lganlar bu borada nima qilishlari kerak?» - degan savol berishadi. Ulamolar: «Chin dildan tavba qilib, ikkinchi bu gunohni takrorlamasa, Allohning o‘zi gunohlarini kechuvchi, ajabmaski, kechib yuborsa», deb javob beradilar. Men ham maqolani o‘qigach, gunohini his etib: «Nima qilish kerak?»—deganlar chiqib qolar, degan umidda bu so‘zlarni yozmoq daman.Islom zinoga qarshi faqat qattiq jazo qo‘llash bilangina cheklanib qolmaydi, balki uning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi.1. Halol yo‘l bilan jinsiy ehtiyojini qondirishga barcha sharoitni yaratish. Sir emas, Alloh insonni yaratganda, xoh qo‘shib yaratadi. Uni esa nikoh yo‘li bilan qondirish kerak. Chunki Islomda erkak va ayolning qo‘shilishidan asosiy maqsad pok nasl qoldirishdir. Qur’oni Karim oyatlari va ko‘plab hadisi shariflar musulmonlarni vaqti etib, imkoni bo‘lishi bilan oila qurishga chorlaydi, oilalilarni esa oila quruvchilarga barcha yordamlarni berishga undaydi. Nikohsiz yurish qattiq qoralanadi.Mabodo, ba’zi sabablarga ko‘ra, oila ko‘ra olmayotgan yoshlar bo‘lsa, ular zinodan saqlanish uchun ro‘za tutishga da’vat qilinadi. Zinodan saqlanishning barcha yo‘llari ishga solinadi. Afsuski, hozirga kelib, bizda shu odat susaydi. O‘g‘il-qizlarning hali yosh, o‘qib olsin, harbiy xizmatga borib kelsin kabi turli bahonalar bilan, ba’zida to‘yni dabdaba bilan o‘tkazish uchun narsa yig‘ish, qalin puli to‘lash va boshqa bahonalar bilan umrini o‘tkazib, zinoga borishlariga ham sababchi bo‘lishmoqda.Zinoga qarshi kurashmoqchi bo‘lsak mazkur holatlarga e’tibor berib, kerakli choralar ko‘rishimiz lozim.2. Begona erkak-ayollarning bir-birlariga aralashuvini man qilish. Bu ularga bo‘lgan ishonchsizlik emas, balki yomonlikdan saqlanish uchundir. Chunki nomahram erkak va ayol yolg‘iz qolsalar, uchinchilari shayton bo‘lib ularni yo‘ldan urishi mumkin. Bu haqda payg‘ambarimiz alayhissalom rivoyat qilgan hadisda: «Kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni bo‘lsa, nomahram ayol bilan holi qolmasin, uchinchilari shayton bo‘ladi», deyilgan.Zamonani qarangki, hozir hayotimizda kim bu ta’limotga amal qilsa, mashara qilinadigan bo‘lib qolgan. Bog‘chada, maktabda bolalarni o‘gil-qiz qilib safga tizish yoki o‘tqazish go‘yoki ham farz, ham qarzga aylangan. Murgak go‘daklar avvalida sof tabiatlari ko‘tarmagani uchun qarshilik ko‘rsatadilar, lekin «tarbiyachilar» g‘olib kelishadi. Shu tariqa asta-sekin ko‘nikib ketiladi-da, keyin ikki jins aralashmasa, yurolmaydigan bo‘lib qoladi. Uchrashuvlar, sayrlar, tomoshalar oxir-oqibat zinoga borib etadi. Har nechuk fohishabozlik uchun qo‘lga tushib so‘roqqilinganlar: «Bu ish kachon boshlangan?» degan savolga, aksariyat hollarda: «Bittasi bilan yolgiz qolgan edim...»— deb javob berishadi.Ishonchim komilki, qo‘lga tushmagan zinokorlar ham xuddi shunday javob qaytarishadi. Boshqacha javob bo‘lishi ham dargumon. Bu masalada yaqin kishilardan ham ehtiyot bo‘lish shart. Payg‘ambar alayhissalomdan xuddi shu ma’noda hadis rivoyat qilingan. Olmoniyada o‘tkazilgan tekshirish voyaga etmagan qizlarning nomusiga zo‘rlab tegishning 90 foizi oilaga yaqin kishilar tarafidan bo‘lishini ko‘rsatdi. Binobarin, biz ham bunga katta e’tibor berishimiz, nomahramlar, ya’ni nikohi bir-biriga nodurust shaxslar yolg‘iz qolmasliklari chorasini ko‘rib borishimiz kerak.3. O‘zga jinsga shahvat bilan qarashni man qilish. Alloh taolo Nur surasida erkaklarga va ayollarga alohida-alohida xitob qilib, nomahramlarga shahvat bilan qaramaslikka va avratlarini berkitib yurishga farmon bergan. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: «Ko‘zning zinosi nazardir», deyilgan. Albatta, hamma balo nazardan boshlanadi. Birinchi nazar tushganda, Xudodan qo‘rqib o‘zini tiygan odam yutadi. Lekin yana nazar solsa...Har bir erkak-ayol ushbu so‘zlarni yodidan chiqarmasligi va nomahramlarga shahvat nazari bilan qarashdan o‘zini tiyib yurmog‘i lozim.4. Ayollarning iffatli kiyinishlari va o‘zlarini tutishlarini joriy qilish. Bu nihoyatda katta masala. Alloh ayol kishini xotin, ona bo‘lishi uchun go‘zal, latofatli (zebi ziynatga havasli) etib yaratgan. Shuning uchun ham shariatda erkaklar uchun harom qilingan tilla, kumush, ipak kabi ziynat buyumlari ayollarga halol qilingan. Lekin bu ruhsat — ijoaatlar nomahram erkaklarning shahvatini qo‘zg‘atish, ayollar Alloh bergan husnu jamollarini ko‘cha-kuyda, turli ko‘riklarda ko‘z-ko‘z qilib harom ishlarga manba bo‘lishlari uchun berilgan emas. Ular o‘z jufti haloli huzurida, ruhsat berilgan joylarda bemalol zebi-ziynatli bo‘lishlari mumkin, hatto lozim.Endilikda bu hikmatlarning oyog‘i osmondan b,ulib ketgan. Ba’zi ayollar nomahramlar e’tiborini tortish uchun qo‘lidan kelgan-kelmagan yasan-tusanni qiladilar, o‘zida bo‘lmasa, qo‘shnisidan olib bo‘lsa ham, taqinchoq taqishga, kiyim kiyishga intiladilar. Uyda, erlari huzurida esa bir ahvolda bo‘lib yuradilar. Bu ko‘plab oilaviy kelishmovchiliklarning sababidir. Ko‘chada zebi ziynatga burkanib o‘zini namoyish qilib yurgan ayollarni ko‘rib kelgan erkak uyidagi o‘ziga qaramagan xotinini ko‘rib g‘alati bo‘lishi tabiiy. Aslida esa teskarisi bo‘lishi, ayol begonalar ko‘zidan o‘zini asrab, bor go‘zalligini eriga namoyish qilishi kerak. Yana bir teskari holat: yosh ayollar o‘zini ko‘z-ko‘z qilishsa, qari ayollar o‘zlarini ehtiyotlab qisinib-qimtinib yuradilar.Holbuki, aslida yoshlar o‘zlarini asrab, qarilar bir oz erkinroq yursalar, o‘rinlidir. Keyingi paytda oddiy hayotdagi noxushliklar etishmagandek ayol-qizlarning qaddi-qomatlari va husni jamollarini bozorga solishning yangi uslubi — «go‘zallik tanlovlari» joriy bo‘ldi. Shubhasiz, bu G‘arbga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishning oqibati. Bunday g‘oyani olg‘a surayotganlar o‘z qilmishlarini oqlash uchun turli falsafalarni ham keltirishmoqda. Lekin oqibati-chi? Nima bo‘ladi? Yana aytaman, men dalillar keltirib o‘tirmayman. Lekin Tailandda hozir fohishalikni kasb qilib olgan bir yarim million buzuqni aynan «go‘zallik tanlovlari» samarasi deb bilmoqdalar. Boshqa o‘lkalarda ham bunga o‘xshash fikrlar ko‘p.Oxirgi vaqtda ayollar badanlarini ochib yurishlari nafaqat zinoga, balki erkaklarning jinsiy zaifligiga sabab bo‘layotganini mutaxassislar tashvish bilan ta’qidlamokdalar. Shuningdek badanni ochib yurish tufayli, ayniqsa, serquyosh o‘lkalarda ayollar turli kasalliklarga chalinayotganlari haqida kuyunayotganlar ham ko‘p.Hayriyatki, bu haqiqatni ayollarimizning o‘zlari ham tushuna boshladilar. O‘ylaymanki, samarasi tezda o‘zini ko‘rsatadi.5. Jamiyatga fohisha xabarlar va unga oid ishlarni tarq atuvchilarga qarshi shafqatsiz kurash olib borish. Alloh taolo Nur surasida «Albatta, mo‘minlar ichida fohisha ishlar tarqalishini xohlovchilarga bu dunyoyu u dunyoda alamli azoblar bordur...»—degan. Shariatga ko‘ra, hatto er-xotinga ham o‘z oralarida bo‘lib o‘tgan ishlarni o‘zgalar huzurida gapirishga ruhsat yo‘q . Hozir esa to‘rtta odam to‘plansa, gap fohisha ishlar haqida ketishi sir emas. Ayniqsa, fosiq va fojirlarning uyalish, or qilish o‘rniga o‘z «sarguzashtlariga» yolg‘onlarni qo‘shib maqtanishlari odat bo‘lib qolgan. Boz ustiga, badiiy adabiyot, kino, teatr, televizor, hatto ro‘znoma va oynomalar ham bundoq ishga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shmoqda. Q olaversa, turli-tuman behayo nashrlar va videofilmlar dard ustiga chipqon bo‘ldi. Jamiyatimiz ma’naviy tanazzulining cho‘qqisi «Kichik Vera» filmiga berilgan baholarda o‘z aksini topdi, desak xato bo‘lmas. Sal bo‘lmasa, kinoda eng behayo rolini birinchi bo‘lib o‘ynagan ayol milliy qahramon, yilning eng mashhur kishisi, deb e’lon qilinardi.Afsuslanarlisi, bu filmlar bizning o‘lkamizda ham keng targ‘ib qilinganidir. Bu ham kamlik qilgandek «Samaraga yo‘l» nomli xalqimizga or keltiradigan film ishlandi.Qo‘shni Tojikiston behayolikni targ‘ib qiluvchi asarlarga arshi q onun qabul qildi. Boshqa jumhuriyatlar ham shundok qilmog‘i lozim. Jumladan, O‘zbekiston ham. Bu zinoga sabab bo‘luvchi illatlarga qarshi omil bo‘ladi. Lekin bevosita zinokorlarga qarshi qandoq qonun bor? Hech narsa yo‘q . Bori ham ko‘ngildagidek emas. 100 yoki 300 sumlik jarimani zinokorlarga qarshi jazo deyishning o‘zi uyat. Zinoda jabr ko‘rgan o‘zi shikoyat qilmasa, chora ko‘rib bo‘lmasligini nima deb tushunsa bo‘ladi?! Axir zinokorlar nafaqat o‘ziga, balki jamiyatga, insoniyatga ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy va shu yanglish boshqa ko‘plab zararlar keltiryaptilar-ku?! Nima uchun qo‘lga tushganlarning sharmandasini chiqarish o‘rniga ismlarini ham yashirib siylaymiz? Nima uchun haromdan bola topganlarni «yolgiz ona» deb e’zozlab imtiyozlar beriladi? Nima uchun fohishaxonalar ochib, qo‘shmachilik qilayotganlar xalq oldida javob bermaydilar? Nima uchun boshqa joylardan tanfurushlik uchun kelib fasod tarqatib pul to‘playotganlarga tomoshabin bo‘lib qarab turilaveradi? Nimaga biz uchun aziz osori-atiqalarimizni yarim yalang‘och holda tomosha qilib, yuzimizga oyoq qo‘yayotganlarga indamay qarab turaveramiz?«Dayus jannatga kirmaydi», deydilar payg‘ambarimiz alayhissalom. «Dayus»— xotini, singlisi, qizi yoki boshqa qarindoshlarining zinoga yurayotganlariga rozi bo‘lgan shaxsdir.Hammamiz or-nomusli, uyatli va g‘ayratli bo‘lishimiz lozim. Bu baloga qarshi kurashmog‘imiz zarur. Istagimiz — bu yo‘lda hamma o‘z qo‘lidan kelgan yordamini bersin. Zinoning gunohligi, zararlari haqida keng tushuntirish ishlari olib borilsin. Zinokorlarga va ularning homiylariga qarshi jiddiy qonunlar ishlab chiqilsin. Yoshlarning bu sohadagi tarbiyasini yaxshilaylik. Melisada odob-ahloq bo‘limlari tuzilsin. Ijtimoiy muammolar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar bu dardni yaxshilab o‘rganib chiqib, uni davolash uchun o‘z takliflarini kiritsinlar.Xullasi kalom, jamiyatimizda zinokorlarga o‘rin qolmasin. Illatni yanada ildiz otdirmasdan davolab, jamiyatimizni sog‘lomlashtirishimiz hammamizning muqaddas burchimizga aylansin.
20 Aprel 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 288 | Halol va harom