Namozdagi xushu’

Assalomu alaykum! Namozdan oldin ozgina o‘lim haqda o‘ylasa albatta Allohdan jannatini umid qilish va jahannamidan qo‘rqish paydo bo‘ladi deb ko‘p marotaba eshitganmiz. Endi o‘limni o‘ylasam, to‘la to‘kis xushu-xuzu paydo bo‘lmayapti. Shuning uchun qabr azobi haqida yoki o‘limni tasvirinimi yoki qo‘rquvni to‘la to‘kis paydo qilish uchun qandaydir bir ujas filmidan biror bir lavhanimi olib ko‘rsam, keyin albatta namozimdan ko‘nglim hotirjam bo‘ladi va qalbim orom olib taskin topadi. Alhamdulillah, lekin yana bir narsa ba’zan o‘tirib ko‘zimni yumib meni kafanda o‘rab qo‘yilgan holimda ko‘tarishib ketayotganini tasavvur qilaman va qabrga qo‘yilganimdan keyingi holim haqida o‘ylayman va ikki farishtaning savollariga o‘zimcha javob berib ko‘raman. Robbing kim? Robbim Alloh. Dining nima? Dinim Islomdir. Payg‘ambaring kim? Muhammad sollallohu alayhi vasallam deyman. O‘limning tasvirlari, qabrdagi azob haqda qidirib video ko‘raman yoki ujas haqida ko‘rman, ma’ruza ham tinglab ko‘raman. Shunday qilsam bo‘ladimi? Qaysi biri notog‘ri?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ma’ruza tinglab ko‘ring, kitob o‘qing, lekin unday kinolarni ko‘rish joiz emas. Agar uni ko‘rmasangiz sizga o‘limning tasavvuri hosil bo‘lmas, siz bunga buyurilmagansiz. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar