Shunday qaytarsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men bittasidan qarzga rus rubli olgandim. Shuni o‘rniga bugungi kursda dollar bersam bo‘ladimi? Agar oldin shunday qilgan bo‘lsam nima qilishim kerak? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bersangiz bo‘ladi. Qarz olayotganda rubl olib, dollar beraman deyish noto‘g‘ri. Lekin rublga rubl beraman deb kelishib, beradigan kunda o‘sha rubl miqdoricha nimani bersa ham qarzi ado bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar