Dasturchi va undagi ish

Assalomu alaykum! Men dasturchiman, menga bir opa muorjaat qildi yoshi 26 dan o‘tgan ekan, ko‘pincha menga yozgan odamlarni yoshini so‘rab olib keyin ishni boshleman. U opa menga bir konkur bot yasatishni so‘radi men hop dedim va narxni arzonlashtirilgan holatda 250ming so‘mga qilib beraman mayli dedim keyin gap aylandida u nogiron ekan yani yaxshi ko‘rmas ekan, shunda man o‘zim uchun savob izlab unda hizmatim pulini olmaydigon bo‘ldim va faqat u bot ishlab turish uchun server pulini oladigon bo‘ldi. U pul ham menga kelmaydi serverga to‘lanadigon pul. Men avval ishni qilay to‘lovni keyin qilasiz yoqmasa mani asabim buzilb qoladi shuncha mehnatim zoyaga ketib deyishmga qaramay to‘lov qildi man buni 3 soat o‘tib bildim. keyin man 4 soat kompyuter ustida o‘tirib tinimsiz uni ishini qildim, lekin ohiri ish tugaganda u opa manga yoqmayabdi bu ish dedida asabimni buzdi. Shunda opaga to‘lovni keyin qilasiz deganimni ham eslatdim... keyin esa man opa pulizni qaytaraman desam yo‘q dedi keyin opaga vaziyatni tushuntirdim opa shuncha mehnatni qilganda siz buyoqdan kelib meni ham qiynayabsiz o‘zi aslida man qilgan mehnatimni sariflagan energiyamni ham pulini olganim yo‘q sizdan man sizga ajr istab qilib bermoqchi bo‘sa siz faqat man qilgan ish yoqmayabdi pulizni qaytaraman desa u opa menga pul kerak emas dedi man qiliman dedim, xop dedi pulizni qaytare desam yo‘q dedi hulas u opa bergan puliga na norozi narozi, man savob izlab bu ishni qilmoqchi bo‘lgandim lekin aksincha gunohga botgande bo‘lyabman, shunda u server uchun to‘lagan puli menga tegmaydi, endi u pulni qaerga yo‘q qilsam bo‘ladi va nima qilsam u pul mendan ketib men halollagan bo‘laman qilgan narsalarni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Norozi bo‘lgan bo‘lsa to‘lagan pulini nima qilib bo‘lsa ham qaytarib bering. Vallohu a’lam!

29 Noyabr 2023, 12:20 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar