Opa singillarni islomda xukmi
Assalomu alaykum! O‘rtancha opamni shayton yo‘ldan urib bir oilali erkak bilan telefon orqali gaplashib yurgan ekan. Opam xam oilali xozirda eri rossiyada bu qilmishi birinchisi emas. Bir marta shunday xolat bo‘lganda kechirgan edik bu xiyonatini(unda xam telefon orqali gaplashgan). Endi nima qilay islomda bunday vaziyatda xukmi qanday opamdan kechishni xoxlayapman. Chunki bitta o‘zini emas oilamiz shanini yuzini erga qaratyapti. Bunday xolat jamiki erkak uchun og‘ir xolat. Oiladagi erkaklarni jannat sari emas jaxannam sari etaklayapti. Albatta bunda biz xam qaerdadur xato qilganmiz. Xozir qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman. Bunday xolatda dinimizda xukmi qanday. Dinimiz nima qilishga buyurgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Opangizdan voz kechib aloqalarni uzib qo‘yishga shoshmang. Barchangiz bir bo‘lib uni to‘g‘ri yo‘lga solish choralarini ko‘ring. Eri chetda bo‘lgani uchun shu ishga qo‘l urib qo‘yayotgan bo‘lsa erini olib keling yoki yoniga yuboring. Telefon sabab bo‘lsa telefon ishlattirmang. Xullas, shu ahvolda tashlab qo‘yishni emas, isloh qilishni o‘ylang. Uni shariat ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirish erining zimmasida. Vallohu a’lam!
29 Noyabr 2023, 12:10 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar