Pora so‘raganni qonunga aytib berish

Assalomu alaykum! Men bir davlat tashkilotiga ishga kirmoqchi bo‘lib bordim, menga munosib ish o‘rni mavjud, ammo, ular menga pora bersam keyin ishga olishlarini aytyapti, ularni bu ishini qonunga aytib berishim gunox emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilayotgan ishlari harom ekanini ayting. Shunda ham bas qilmasalar tutib bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 Dekabr 2023, 12:26 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar