Tahajjuddan keyin vitr

Assalomu alaykum! Tahajjud namozidan keyin o‘qiladigan vitr namoziga qanday niyat qilinadi? Bir manbada ko‘rdim "Bugungi vitr namozini ado qilishni nayat qildim Allohim uzingning roziliging uchun" deb yozilgan. Bugungi degan joyiga uncha tushunmayapman, axir tahajjut ertasi kuni uqiladiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shar’iy hukmlarda kunning boshlanishi va tugashi bizning urfdagidan farq qiladi. Unda kun quyosh botganda almashadi. Vallohu a’lam!

13 Dekabr 2023, 14:46 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar