Ko‘p suv ichish

Assalomu alaykum! Bir tanishimga doktorlarni tavsiyasiga ko‘ra yozning issiq kunlarida ko‘p suv ichish kerak ekan desam, meni bitta narsaga aniq ishonchim komilki bundan bir yarim asr avval yashab xozirgi ilmlarni biz uchun eng yaxshisini aytib ketgan zot bizga foydali bo‘lganida aytgan bo‘lar edi deb qatiy javob berdi, agar ushbu masalada biror bir hadis yoki ma’lumot bo‘lsa biz bilan baham ko‘rsangiz (savollar bo‘limidan qidirib topolmadim).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha tanishingiz noto‘g‘ri fikrlar ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga tib ilmini o‘rgatish uchun emas din ilmini o‘rgatish uchun yuborilganlar. Dunyoviy ilmlarni insonlar o‘zlari izlanib, tadqiqot va tajribalar o‘tkazib topishlari kerak. Vallohu a’lam!

14 Dekabr 2023, 10:36 | Savol-javoblar | 0 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar