Pirlari haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, odamlar temir pirlariga atab uylarida cho‘zma pishirib keyin uni qarindoshlariga va qo‘shnilariga tarqatishadi yoki temir pirlariga deb masjidlarga pul berishadi. Keyin imomlar ham “falonchi temir pirlariga falon so‘m beribdi” deb minbarda ularni e’lon qilishadi va jamoatdan duo olishadi. Mening savolim shuki: cho‘zma pishirib is chiqarish joizmi? Shunga atab tayyorlangan taomlar va cho‘zmalarni bizlarga tortiq qilishsa ularni eyish joizmi? Uni qilgan insonlar gunohkor hisoblanmaydimi? Ishi yurishishi uchun temir pirlariga atab masjidlarga pul berib duo olishlari joizmi? Bular qanday amal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! QABRLARGA NAZR QILISh VA U ERDA XAYRI EHSON QILISh
Ko‘plab insonlar avliyolardan murodlarini so‘rash bilan cheklanib qolmay, falon ishim bitsa u erda is chiqaraman yoki qo‘y so‘yaman yoki u erga falon so‘m ehson qilaman deb, nazr qilib qo‘yadilar. Bu borada bir necha masalalar quyida yoritib o‘tiladi:
1. Nazr qilish ibodat bo‘lib, Alloh taolodan o‘zgaga ibodat qilinmaydi. Bu haqda hanafiy mazhabining mashhur kitobi “Durrul muxtor”da: وَاعْلَمْ أَنَّ النَّذْرَ الَّذِي يَقَعُ لِلْأَمْوَاتِ مِنْ أَكْثَرِ الْعَوَّامِ وَمَا يُؤْخَذُ مِنْ الدَّرَاهِمِ وَالشَّمْعِ وَالزَّيْتِ وَنَحْوِهَا إلَى ضَرَائِحِ الْأَوْلِيَاءِ الْكِرَامِ تَقَرُّبًا إلَيْهِمْ فَهُوَ بِالْإِجْمَاعِ بَاطِلٌ وَحَرَامٌ مَا لَمْ يَقْصِدُوا صَرْفَهَا لِفُقَرَاء الْأَنَامِ وَقَدْ اُبْتُلِيَ النَّاسُ بِذَلِكَ ، وَلَا سِيَّمَا فِي هَذِهِ الْأَعْصَارِ. “Aksariyat omilar tomonidan mayyitlar uchun qilinadigan nazr va avliyoullohlarga qurbat hosil qilish uchun ularning maqbaralariga olinadigan dirham, sham, yog‘ va boshqa narsalar ijmoan botil va haromdir. Bunga xususan ushbu asrda insonlar mubtalo bo‘lgandirlar. Xalqning faqirlariga ularni sarf qilishni sarf qilish bundan istisnodir” (Raddul muhtor).
Shomiy rahmatullohi alayh bunday nazrning botil va harom bo‘lishga bir necha sabablarni sanab: “Birinchidan, bu nazr maxluq uchundir. Maxluq uchun nazr qilish joiz emas. Chunki, nazr ibodatdir. Ibodt esa. Maxluqlarga qilinmaydi. Ikkinchidan, nazr qilinayotgan kishi mayyitdir. Mayyit esa, hech narsaga molik bo‘la olmaydi. Uchinchidan, agar nazr qiluvchi Alloh taolodan o‘zga ushbu mayyit ham ishlarni tasarruf qila oladi desa, uning bu aqidasi kufr hisoblanadi” (Raddul muhtor).
Qozi Sanoulloh rahmatullohi alayh bu haqda shunday deganlar:
“Alloh taolodan o‘zgaga ibodat qilish va madad so‘rash joiz emas. Shuningdek, avliyoullohlarga nazr qilish ham joiz emas. Chunki, nazr ibodat hisoblandi”.
Xulosa, o‘rnida shuni aytish kerakki, hanafiy mazhabining barcha e’timodli kitoblarida nazr ibodat deb yozilgan. Ibodat esa, Alloh taolodan o‘zgaga qilinmaydi. Shuning uchun avliyoullohlarning qabrlariga biror narsa atash yoki ehson qilish ijmoan harom va botildir;
2. Bordiyu biror kishi biror avliyoullohning qabriga nazr qilgan bo‘lsa, uni bajarish joiz emas. Agar nazr qilgan narsasini bajarsa gunohkor bo‘ladi. “Fatavo hindiya”, “Bahrur roiq” va boshqa fatvo kitoblarida bu haqda batafsil yozilgan.
Biror kishi biror gunoh ishga nazr qilgan bo‘lsa, na u ishni qilishi va na nazrni bajarishi durust bo‘ladi. Balki unga tavba qilishi lozim bo‘ladi.
Bu haqda Qozi Sanoulloh shunday deganlar:
“Biror kishi shunday nazr qilganbo‘lsa, uni bajarmaydi. Chunki, qanday bo‘lmasin gunohdan saqlanish vojibdir”.
Bunday nazr qilish gunoh, uni bajarish esa alohida gunoh hisoblandi. Shuning uchun avvalgi qilgan gunohiga tavba qilib, ikkinchisiga qo‘l urmasligi lozim bo‘ladi;
3. Biror kishi biror avliyoulloh qabriga yoki Alloh taolodan o‘zgaga nazr qilib, o‘sha nazrini bajarsa, nazr qilingan narsa harom bo‘ladi va uni iste’mol qilish biror kishiga joiz bo‘lmaydi. Ha agar nazr qilgan narsasi o‘z holatida turgan bo‘lsa, tavba qilib uni ortga qaytarib olishi mumkin bo‘ladi. Agar nazr qilgan narsasi biror hayvon bo‘lsa va u hali so‘yilmagan bo‘lsa, tavba qilib uni ortga qaytarib olish mumkin. Agar nazr qilgan hayvonini Allohning nomi bilan so‘yib qo‘ygan bo‘lsa, uni eyish halol bo‘lmaydi. Bu haqda Mujaddidu alfi soniy o‘zlarining uchinchi daftar 41 maktublarida shunday yozganlar:
“Ulug‘larning nomiga atalgan hayvonni qabri ustiga olib borib so‘yish, fiqhiy rivoyatda shirk ishga kirgazilgan. Undan saqlanishni qattiq ta’kidlangan. Ushbu so‘yilg‘ini jinlarga atab so‘yilgan so‘yilg‘ilarning jinsidan hisoblangan va u shar’an ta’qiqlangan va shirkka doxil bo‘luvchi amallardandir”;
4. Bir kishi Alloh taologa biror narsani nazr qilib, u narsaning savobini biror ulug‘ shaxsga savobini yo‘llashni qasd qilsa yoki o‘sha joy faqirlariga foyda bo‘lishini qasd qilsa, buni shirk yoki harom amal deyilmaydi. Lekin, omi xalq bu masala bilan yuqoridagi masala orasini ajrata olmaydilar. Shuning uchun ushbu ko‘rinishdagi amaldan ham saqlanish afzaldir.
Bu haqda Mujaddid alfi soniy rahmatullohi alayh shunday deganlar:
“Shirkka o‘xshash amallardan ham saqlanish lozimdir. Alloh taologa nazr qilishning bir necha suratlari bor. Hayvonni nazr qilishning bir necha suratlari bor. Hayovon so‘yishni nazr qilishga nima zarurat bor. Nazr qilib gunoh asosida so‘yilgan jonliq jinlarga atab so‘yilgan jonliqqa o‘xshaydi va bu jinparastlarga o‘xshashlikdir”;
5. Bir kishi falon ishim bitsa, falon valiyuulloh qabri oldidagi faqirlarga shuncha so‘m yoki falondaqa shirinlik yoki falon material yoki faloncha g‘alla berib, uning savobini o‘sha avliyoullohga bag‘ishlayman deb nazr qilsa va u kishini o‘sha ishi bitsa, zikr qilingan faqirlarga yuqoridagi nazr qilingan narsalarni berishi shart emas. Balki, o‘sha narsalarni biror faqirga bersa, qilgan nazrini amalga oshirgan hisoblanadi va uning savobi o‘sha niyat qilgan valiyullohga boradi. Agar u kishining qalbi nazr qilingan narsalarni duch kelgan faqirga berishga rozi bo‘lmay, aynan zikr qilingan joydagi faqirlarga berish kerak, agar undan boshqa joyga bersam qilgan nazrimni ado qilmagan bo‘laman deb tushunsa, u kishi aslida Alloh taologa nazr qilmagan bo‘ladi. Balki, o‘sha valiyga nazr qilgan bo‘ladi. Aksincha, Alloh taologa nazr qilib, o‘sha valiyga savobini bag‘ishlash maqsad bo‘lsa va ushbu nazri orqali valiyga qurbat hosil qilish bo‘lmasa, bunday nazrni amalga oshirish mumkinligi haqida din peshvolari ruxsat berganlar. Sharti shuki, nazr qilingan narsani duch kelgan faqirga rozi bo‘lib bera olsin. Agar bunday qila olmasa, Allohni nomi bilan nazr qilganman degan so‘zi noto‘g‘ri bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, avliyoullohlarning qabriga atashdan maqsad ularga qurbat hosil qilish va qalbida o‘shalar qilgan nazrimni qabul qilib barcha ishlarimni bitir beradi. Agar ularga nazr qilmasam barchamizdan norozi bo‘lishib jonimiz, molimiz, bola-chaqamizga zarar etkazadilar degan e’tiqod bo‘lsa, “Durrul muxtor”da aytilganidek ijmoan botil, harom amal hisoblanadi va uning shirk bo‘lishida hech qanday shubha yo‘q. Agar avliyolar nomiga nazr qilmay faqat Alloh taologa nazr qilib, savobini o‘shalarga yo‘llashni qasd qilsa, shubhasiz sahih va durustdir. O‘ylab ko‘ring bir kishi bir qabristonga borib xayri ehson qilib yoki atagan narsasini amalga oshirib: “Biz Allohgagina nazr qilamiz. Ulug‘larimizga esa faqat savobini yo‘llaymiz” desa, o‘zini-o‘zi aldagan bo‘aldi.
6. Nazr borasida muhim bir masala bor, u shu bobda hukm qiluvchi hisoblanadi. Uni nafaqat omi xal balki ko‘plab savodli insonlar ham bilmaydilar. Bir ishni bo‘lishi yoki bo‘lmasligida nazrni hech qanday aloqasi yo‘q. Nazr bilan qazo va qadar o‘zgarib ham qolmaydi. Bu borada Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَن ّرَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لاَ تُنْذِرُوا فَإِنَّ النَّذْرَ لاَ يُغْنِي مِنْ الْقَدَرِ شَيْئًا وَإِنَّمَا يُسْتَخْرَجُ بِهِ مِنْ الْبَخِيلِ. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
“Nazr qilmanglar, chunki nazr qadarning biror narsasidan ozod qilmaydi. Albatta, u vositasida baxldan (mol) chiqarib olinadi” dedilar” (Termiziy rivoyati). Ushbu hadisga Abdulhaq muhaddis Dehlaviy shunday sharh berganlar:
“Nazr taqdirdan biror narsani o‘zgartiradi degan e’tiqodda bo‘lsa joiz emas. Chunki, odatda insonlar o‘z hojatlarini ravo bo‘lishi va musibatlarni o‘zidan yiroq qilish uchun nazr qiladilar. Bu baxil insonlar uchun mol sarf qilishga sababdir. Chunki, ular nazr sababli mollaridan sarflaydilar. Lekin, sahovatli insonlar nazrsiz ham o‘z ixtiyorlari bilan xayri ehson qilaveradilar. Qaytarilgan tarzda nazr qilishda doimiy shu narsaga e’tibor qilish kerakki, nazr qilish mumkin. Lekin ruxsat berilgan tarzda” (Mishkot hoshiyasi).
Hadislarda, sadaqa baloni qaytaradi deyilgan. Lekin, nazrda savdogarlikni bir navi bor. Chunki, agar ish bitsa, sadaqa beradi, bitmasa sadaqa bermaydi. Xullas Alloh taolo nomi ila qilingan nazr qazo va qadrni o‘zgartirmaydi. Demak, valiyullohlarga atalgan nazr qanday qilib, Alloh taolo belgilagan taqdirni o‘zgartirishi mumkin. Agar bordiyu nazr qilingan ish bitmay qolsa, inson taqdir oldida ojizligini his qilib, taqdirda yozilmagan ekanda deydi. Agar ishi bitib ketsa, taqdirda shunday ekan deb tushunmay, valiylar madad qildi deb tushunishib: “Biz falon valiga nazr qilgan edik, u ishimizni bitirib berdi” deydilar. Mana bunday nazr boshdan oyoq noto‘g‘ri aqidaga barpo qilingan hisoblanadi. Shayton bunday nayrang orqali bandani Alloh taologa ibodat qilishdan to‘sib, bandasiga ibodat qilishga shaydo qilib qo‘yadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam yuqorida keltirilgan hadisda Alloh taolo nomi bilan qilingan nazr qazo va qadarni o‘zgartirmaydi dedilar. Demak, ojiz banda nomiga qilingan nazr qanday qilib, o‘zining xoliqi Alloh taolo tomonidan belgilab qo‘yilgan qazo va qadarni o‘zgartirsin! Vallohu a’lam.
[url=https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=21370.0
[url=https://savollar.islom.uz/savol-2566/
[url=https://savollar.islom.uz/savol-33722/https://savollar.islom.uz/savol-33722/[/url]
29 Aprel 2022, 07:57 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar