Taloqdan qaytdim desa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 8 yil bo‘ldi. Yangi kelinligimda turmush o‘rtog‘im “onangni uyiga arazlab ketsang uch taloqsan” deb aytgan. Lekin men biror marta urushib, arazlab ketmaganman. Ammo shu gapini o‘ylasam ko‘nglim hijil bo‘laveradi. Shu gapimdan qaytdim desa bo‘ladimi? 2). Ob-havo ma’lumotini avvaldan ko‘rib, shunga qarab ishlarini rejalashtirsa bo‘ladimi? Bu folbinlikka kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qaytdim deyish bilan ish bitmaydi. Bu qasam bo‘lib, qasamni qaytarib bo‘lmaydi. Taloqni ta’liq qilgan ish bo‘lishdan oldin bir taloq boin qiladi. Ayolga iddasi chiqqunicha tegmay turadi. Iddasi chiqqach ayol o‘sha ishni qiladi, lekin o‘sha vaqtda ayol u erning nikohida bo‘lmagani uchun hech qanday zarar qilmaydi. Keyin shart echiladi va ayolni qayta nikohlab oladi. Erda esa bir imkoniyat ketib ikki imkoniyat qoladi. Agar tushunmasangiz yoki eplay olishga ko‘zingiz etmasa ishxonamizga kelinglar.2). Folbinlikka kirmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar