Oylik maosh masalasida
Assalomu alaykum! Men hozirda o‘quv markazda dars beraman yani repetitorman. Shukurki, o‘quvchilarim soni ko‘payib bormoqda, shu sababli ham yonimga shogirdlarimdan birontasini yordamchi o‘qituvchi sifatida olmoqchiman. Lekin unga qanday oylik berishga hayronman. Qanday qilsam uni haqqiga hiyonat qilmagan holda adolatli tarzda tushgan mablag‘ni taqsimlayman. Yani maʼlum aniq miqdor belgilab aynan shu summani har oy berib borayinmi yoki foiz hisobida berayinmi (masalan u o‘tayotgan o‘quvchilardan tushgan summani 100% dan 60%i unga 40% menga) Agar shunde qilinsa yana bir savol tug‘ilyapti: Men hechnima qilmasdan turib ham uni mehnati sabab pul eyishim o‘rinlimi (To‘g‘ri, kelayotgan o‘quvchilar Meni o‘tgan yillardagi mehnatlarim sabab kelishadi) Lekin baribir boshim qotgan. Shu masalada Siz aziz ilm ahillaridan mufassal izoh kutib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hech nima qilmasdan turib undan pul talab qilishingiz mumkin emas. O‘quv markaz yoki sinfxona o‘zingizniki bo‘lsa o‘shani ijaraga berish evaziga pul olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
16 Dekabr 2023, 14:48 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat