Live good, faberlis va global trend

Assalomu alaykum! Hozir yurtimizda live good, global trend, faberlik kabi kompaniyalar rivojlanyapti. Agar siz ularga ishga kirsangiz haqqini to‘lab, kirar ekansiz. Keyin boshqalarni ham ishga kirishga chaqirsangiz sizga pul berishar ekan. Savolim "live good" kompaniyasi haqida. Siz ularga 50$ berib a’zo bo‘lar ekansiz. Keyin har oy 10$ dan a’zolik badali berishingiz kerak. Ular sizga 2 ta oyoq berishar ekan. Har bir oyog‘ingizga odam qo‘shsangiz ular to‘lagan puldan sizga ham berishar ekan. Keyin ular ham topib sizni qatoringizni davom ettirar ekan. Har oy sizni qatoringizda bo‘lganlar to‘lagan puldan 2,5 sent sizga berishar ekan. Agar sizni qatoringiz to‘lsa yiliga 2047$ foyda olar ekansiz. Bunda qancha pastdagi qatorda bo‘lsangiz shuncha imkoningiz pasayadi. Oxiridagilar umuman foyda olmaydi. Shu va shunga o‘xshash kompaniyalarda ishlash yoki mahsulotlaridan foydalanish to‘g‘rimi? Boshqa manbalardan ham izlanib ko‘ring. Men tushuntirib berolmagan bo‘lishim mumkin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dunyo Musulmon Ulamolari Kengashi bu savdo turini harom deb fatvo berganlar. Vallohu a’lam!

16 Dekabr 2023, 14:58 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar