Nasiyadagi moshinani sotish

Assalomu alaykum! Men 3 oy avval nasiya savdoga moshina xarid qildim. Yarmini boshida berdim, qolganini esa 1 yil davomida bo‘lib to‘lashga kelishdik. Hozir 3 oyini to‘lab bo‘ldim. Mashina mani nomimga o‘tkazilmagan lekin ishonchnomada mening sotish huquqim borligi belgilangan. Savolim shundan iboratki, ushbu 1 yil muddat tugab mashina to‘liq o‘zimni nomimga o‘tmasidan avval, menga uni sotgan odam bilan kelishib mashinani sotishim mumkinmi? Yoki u inson bilan kelishib, nasiya qarzimni to‘lab bo‘lmasdan turib, moshinani o‘z nomimga o‘tkazib, keyin u insonni o‘ziga qaytarib sotsam va keyin nasiya qarzimni shu avvaldan kelishilgan muddatda to‘lab bersam bo‘ladimi? Izlash xizmatidan aynan shu savolga javobni topa olmadim, avval berilgan savol bo‘lsa uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzni to‘liq uzmay turib sotuvchining o‘ziga qaytarib arzonroqqa sotishingiz mumkin emas. Bunday savdo ’iyna deyiladi. Undan boshqaga esa sotishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

16 Dekabr 2023, 15:08 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar