Folbinlikmi yoki boshqa
Assalomu alaykum! Bir tanishim hali 13 yoshda yaqinda g‘alati holga tushib qoldi tushunganim bo‘yicha jin chalgan. Unga bir necha bor dam soldirirdig foydasi bo‘madi. Keyin bir inson haqida eshitdig Masjidda imom yordamchisi ekanlar u kishini oldiga olib bordig va u kishi men buning ichidagini chiqara olmayman lekin Musulmon qila olaman dedi va tanishim o‘sha erda maʼlum muddat qoldi. Oradan maʼlum vaqt o‘tgach Tanishim yaxshi bo‘ldi va hozirda Alhamdulillah namoz o‘qiydi va arab tilini ham o‘rgangan. Lekin bir xislatli bo‘lib qolgan ko‘rgan insonini ichida jin borligini aytib bera oladi bunga bir necha bor amin bo‘lganmiz va o‘zi bo‘lmagan erdagi narsalarni ham biladi. Tanishim folbinlarni yomon ko‘radi va buni bir necha bor aytgan Savolim bu folbinlikmi yoki karomat bizga nima maslahat bera olasiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘aybni bilishni davo qilsa, durust bo‘lmaydi. Imkon boricha xabarchilik qilmasin. Vallohu a’lam!
20 Dekabr 2023, 08:05 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘aybni bilishni davo qilsa, durust bo‘lmaydi. Imkon boricha xabarchilik qilmasin. Vallohu a’lam!
20 Dekabr 2023, 08:05 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar