Fikr yuruting!

Assalomu alaykum! To‘g‘risi yozmoqchi emas edim lekin chiday olmadim. Ba’zi birodarlarimizni savollari meni xayron qoldirdi. «Bexayo fidyolar ko‘rsam…… shunaqa bo‘ladi g‘usul qilaymi yo taxorat» «Bolani oldirish kerakmi» 2526- savol» yana bittasi Namoz o‘qiydigan kishi bexayo vidyolar ko‘rsa bo‘ladimi?» «Quyosh chiqqindan keyin g‘usul qilsa bo‘ladimi?». Shu menimcha biz ustozlarni «bo‘ladi» degan so‘zini kutamizda nafsimizga bo‘ysunib. Xa to‘g‘ri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan zinoga ruxsat so‘raganda bu savollar xech narsamas, lekin u zot u insonlarga bergan javoblari muximroq emasmi. «O‘tmishda shunday xatolar bo‘lgan bundan keyin ham bo‘ladida» emas o‘tmishdagi xatolar bizga o‘rnak va «namunadir». Qanday qilib namoz o‘qiydigan inson bexayo vidyolarni bemalol ko‘rib o‘tirishi mumkin?! «Sevgilim mendan xomilador, bolani olish kerak boshqa iloj yo‘q nima qilish kerak?» Savolni qaranglar. Shuncha gunoh qildim tavba qilsak Xudo bizni kechirdimi deyish o‘rniga……! Yo‘q kimnidir g‘iybat qilib erga urmoqchi emasman. Agar shu savollarimizni Hazrati Umar roziyallohu anhu tirik bo‘lib, o‘qiganlarida bormi?! Allohni Kalomini ko‘tarib yurganlarga shunday savollarni beramizmi?! Agar kimnidir ranjitgan bo‘lsam uzur so‘rayman. Ustozlar qo‘pollik qilgan bo‘lsam yo xato qilgan bo‘lsam uzur. Men ham ikki marta xato qilganman savol berishda tan olaman, lekin bunaqangi emas edida. Hurmatli sayt foydalanuvchi azizlar, o‘ylab ish yuritaylik!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh ta’olo sizga o‘xshagan tushunchadagi musulmonlar soninin ko‘paytirsin. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar