Maziymi yoki maniy

Assalomu alaykum! Bir odamning olati ich kiyimiga ishqalanganda bir tomchi suyuqlik ajralib chiqadi (bazida, xar doim emas). Bu xolat aynan namoz o‘qishi paytida bo‘larkan. Bunday xolatda men g‘usl qilishi kerakmi yoki taxoratni o‘zi kifoyami? Bu suyuqlik namoz paytida kelsa, namozni darxol to‘xtatish kerakmi yoki oxirigacha tugatib so‘ngra qayta o‘qib olish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shifokorga borib kasalligini aniqlashtirib olsin. Agar shamollash tufayli chiqayotgan bo‘lsa tahorat ketadi. Namoz o‘sha joyidan to‘xtatilib tahorat yangilab olinadi. Imkon bo‘lsa tahoratdan oldin teshigiga paxta tiqib olib, tahorat qilib, namozlarini o‘qisa, qayta o‘qish mashaqqati bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar