Avto tonirovka ruxsatnomasini bank orqali rasmiylashtirish
Assalomu alaykum! Bitta dustim avtomashina tonirovka savdosi va oynaga yopishtirish bilan shug‘ullanadi. Old yon oyna qoraytirish pullik ruxsatnomasini mijozlarga olib berishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu bank krediti orqali. Bank bilan shartnoma tuzadi, mijozni bankga jo‘natadi, bank mijozga kredit karta beradi va mijoz yillik ruxsatnoma pulini do‘stimning do‘koniga kelib terminaldan echtirib, ruxsatngmani olib ketadi. Mijoz bankga qarz bo‘ladi. Do‘stim bu erda faqat tonirovka plyonkasi uchun va usta xaq oladi. Ruxsatnoma va boshqa to‘lovdan foyda ko‘rmaydi. Do‘stimni xavotirga solayotgan narsa, ribo bilan shug‘ullaniyotgan bo‘lib qolmaymanmi, xalolmi degan savol paydo bo‘layotgan edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu o‘sha bankning qanday shartlar bilan mijozga pul berayotganiga bog‘liq. Foiz evaziga berayotgan yoki foizsiz bo‘lsada to‘lov kechiksa jarima sharti bilan berayotgan bo‘lsa joiz emas. Do‘stingiz bunday kelishuvlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Aks holda gunohiga sherik bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!
30 Dekabr 2023, 12:39 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat