Bola tiqilib qolsa orqasiga urish
Assalomu alaykum! Bugun men shunday gap eshitdim mendan yoshlari katta onaxondan. Bir tadbir yig‘inda taom eb kichkina 1 yoshli bola tiqilib qoldi, yordam berish maqsadida orqasiga onasi urdi, onaxon esa bunday qilmang, shayton tomog‘ida turgan ursangiz ichiga kirvoladi, Bismillah deb tek qarab tursangiz kirolmay chiqib ketadi dedilar, biz xam bolamiz tiqilsa orqasiga uramiz, onaxonni gaplari to‘g‘rimi? Qarab turaversak bola og‘ir axvolga tushib qoladiku, islomda orqasiga urish yo‘q deb aytdilar, shunga oydinlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shifokorlarning so‘ziga ko‘ra tomog‘ida biror narsa tiqilib qolgan insonning elkasiga urish unga foyda bermaydi. Bunday vaziyatda qo‘llanadigan maxsus amaliyot bor. Buni shifokordan o‘rganib olsa bo‘ladi. Ammo bu ishning dinga, shaytonga yoki boshqa narsaga aloqasi yo‘q.عن حفص بن عاصم قال : قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ: كفى بالمرء كذبا أن يحدث بكل ما سمع رواه مسلم Hafs ibn Osim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kishining har bir eshitgan narsasini so‘zlayverishi yolg‘onchiligiga kifoya qiladi” dedilar".
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!
30 Dekabr 2023, 11:48 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar