Nikox o‘qitish oldidan savol

Assalomu alaykum! Vokea: Er xotin urtasiga 3 talok tushdi va bu anik buldi, shundan so‘ng ayol idda saklab boshka erga turmushga chikdi va bir kancha vakt usha ikkinchi erning nikohida buldi. So‘ngra ikkinchi eridan xam talok tushdi va bu xam aniklandi. Ayol birinchi eriga kaytish uchun xamma sha’riy xukmlar va majburiyatlar bajarildi. Va ishonch xosil kilish uchun masala shu saytdan, axli-ilmlardan va kitoblardan urganildi va tasdiklandi. Xozir ayolning ikkinchi eridan olgan talog‘idan so‘ng iddasi tugayapti. Birinchi er ham buni hammasini biladi va kutyapti. Ikklasi ham juda xursand va intizor. Ustiga ustak ular qonuniy ajrashishmagan, ya’ni ZAGS guvoxnomasi bor. Savol: ular nikoxdan utayotganda Imom-domlaga bor vokeani aytib berishlari shartmi? Chunki buni xammasini aytib berish juda og‘ir, uyat va xijolatlik. «Bir talok tushgan edi shunga boshqattan o‘kib ko‘ying» desa, yoki «nikohni kayta o‘kib qo‘ying» desa, yoki biron bir boshka sabab aytsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hech narsani aytib berishi shart emas. Vallohu a’lam!

3 Yanvar 2024, 20:16 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar