Dasturchilik va halol-xarom daromat
Assalomu alaykum! Men dasturchiman, 5 oydan beri bir Evropa davlatidagi iT kompaniya bilan uydan turib masofaviy ishlayapman, website and mobile prilojeniyalar dasturlaymiz, mening asosiy soxam website dasturlash. Kompaniyada ko‘plab proektlar bor va yana ko‘payib boryapti. Yaqinda 1 ta juda katta proekt ustida uzoq muddatli shartnoma tuzildi, u proekt sotsial media platformaga o‘xshash bo‘lim, unda ayollar besharm rasm va videolarini joylaydi, ularni odamlar pul to‘lab ko‘rishadi. Kompaniya hech bir dasturchini biror bir proekt ustida ishlashga majburlamaydi, hamma ma’qul proekti ustida ishlaydi. Savol: 1. Men u kompaniyada yomon maqsadga qaratilgan proektlarga qo‘shilmay boshqalarini qilib ishlab yursam bo‘ladimi yoki ularda yomon ish aralashgani uchun u kompaniya bilan umuman ishlashim joiz emasmi? 2. Umumiy qaraganda, musulmon bo‘lmagan odamlar, mana bunga o‘xshash kompaniyalar daromatida dinimiz nazarida xarom aralashgan bo‘lish ehtimoli yuqori. Shundaylar bilan ishlashda, bizning daromadimiz halol yoki xaromligi qanday o‘lchaniladi? Biz o‘zimizga to‘g‘ri bo‘lgan ishlarini qilib, boshlaqaridan chetlanganligimiz uchun halol bo‘laveradimi yoki xaromi yuqadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatga zid bo‘lmagan ishni bajarasangiz ishlashingiz mumkin. Ammo siz bajaradigan ish boshqa bir noshar’iy loyihaning tarkibiy qismi bo‘lmasligi kerak. Harom puldan sizga oylik berayotgani aniq bo‘lsa uni olishingiz joiz emas. Pullari aralashib ketgan bo‘lsa va siz qanday puldan oylik olayotganingizni bilmasangiz kompaniya daromadining aksari nima ekaniga qaraysiz. Aksari halol bo‘lsa olishingiz joiz. Harom bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 20:26 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar