Azon aytilishidan avval namoz ukib kuyish

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari, yana savol bilan sizga murojat kilmokchiman.Islom.uz saytida yozilgan vakt bilan namoz ukib bulganimdan sung, kuchaga chiksam yuki xovliga chiksam ba’zi paytlarda endi azon aytishaetkanini eshitib kolaman, shunda ba’zi payt kayta ukiyman lekin ba’zida namoz vakti kirib bulganku deb ukimayman, shunday payt nima kilishim lozim?Bir inson, agar misol uchun asr namozi kazo kilishini extimoli bulsa, lekin u namozn vakti xali kirmagan bulsa xam, Allox kabul kilsin deb ukilaveriladi deb aytkan edi, lekin bunday kilishga kunglim tortmaydi, yuki u insonni gapi tugrimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namoz vaqtida farz. Uni vaqtidan oldin o‘qib bo‘lmaydi. Azonni jamoat vaqtiga to‘g‘rilab aytiladi. Saytda esa, dastlabki vaqt ko‘rsatilgan bo‘ladi. Azon eshitiladigan bo‘lsa, masjidda o‘qing.
20 Aprel 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 49 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar