Onamning roziliklari
Assalomu alaykum! Uylanganimga ko‘p bo‘lmadi, va ora orada onam ayolimni ba’zi to‘ylarga yoki qarindoshnikiga olib boraman birga deb turadilar, uerda erkaklar ham bo‘lgani sabab men bunga rozi bo‘lmayman. Yaqinda onam faqat ayollar boradi xolos deb bir to‘yga olib boraman kelinni dedilar, onam yomon joyga boshlamaydilar bunga shubzam yo‘q lekin rozi bo‘lmadim, shunda onam yo‘q desang sandan rozi emasman menxam dedilar, va noiloj xop dedim, savolim shuki bu xolatda onamning sendan rozi emasman deyishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onani shariatda man qilinmagan ishlarga buyursalar ularga itoat qilish vojib va ko‘nglini ranjitmaslik kerak bo‘ladi. Onangizni aytgan gap shunday ishlardan bo‘lsa, itoat qilib bajaring. Farzand o‘zining nazdida arzimagan narsada ham onasini ranjitmasligi kerak. Onaning ko‘nglini ranjishi va norozi bo‘lishi farzandning oxirati uchun zarar bo‘ladi. Onalar ham shundan kelib chiqib arzimagan narsalar sababli rozimasman demasliklari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush