Menga yo‘l ko‘rsatinglar

Assalomu alaykum! Meni yomon hayollar va tez jahlim chiqadigan bo‘lgan, bu uchun nima qilishim va qaysi duoni o‘qishim kerak? Namozda ham gohi joylarida adashib ketayabman, bunda nima qilishim kerak? Yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadisi shariflarda bildirilgan duolar quyidagilar: “Tong va shomda har kuni etti marta “Allohumma ajirni minannor” degan kishi Jahannamdan qutuladi.” (A.Dovud) “Tongda va shomda 3 marta “Bismillahillazi la yadurru maasmihi shayun fil ardi va lo fissamai va huvassamiul alim” ni o‘qigan odam sehr-jodu va zolimdan himoyalangan bo‘ladi.” (Ibn Moja) “Tongda 3 marta “Auzu billahis samiil alimi minashshaytonirrojim” deb Xashr surasining so‘nggi uch oyatini o‘qigan kishiga 70 000 farishta shomgacha duo qiladi. Shu kuni vafot etsa, shahid bo‘ladi. Shom vaqti o‘qisa, yana ayni narsalarga qovushadi.” (Termiziy) “Bomdod namozidan keyin 11 Ixlos o‘qigan kishiga Jannatda bir ko‘shk beriladi.” (Xarait) “Bomdod namozidan so‘ng 10 marta “La iloha illallohu vahdahu la sharikalah lahul mulku va lahul hamdu yuhyi va yumit va huva alo kulli shayin qodir” tasbehini o‘qigan odam shomgacha har turli zarardan saqlanadi, hech bir gunoh unga zarar berolmaydi.” (Nasoiy) (“Gunoh zarar bermaydi” degani gunoh ishlamaydi yoki qilgan gunohiga tavba qilish nasib bo‘lib, shu yo‘sinda gunohi unga zarar bermagan bo‘ladi deganidir.) “Shom namozidan keyin (yuqoridagi tasbehni) o‘qigan kishi tonggacha shaytondan himoyalangan bo‘ladi. O‘n savobga erishadi, o‘n gunohi avf bo‘ladi va o‘n qul ozod etgandek savob orttiradi.” (Termiziy) “Bomdod namozidan keyin 3 marta “Subhonallohil azim va bihamdihi” degan kishi ko‘rlik, olapeslik va falajdan himoyalangan bo‘ladi.” (I.Ahmad) “Shirkdan saqlanish uchun “Allohumma inni a’uzu bika min an ushrika bika shayan va ana a’lamu va astag‘firuka li-ma la a’lamu innaka anta ’allamulg‘uyub”ni o‘qing!” (I.Ahmad) “Tongda va shomda 7 marta “Hasbiallohu la iloha illa hu alayhi tavakkaltu va huva Rabbul arshil oziym” ni o‘qigan kishining dunyo va oxirat ishiga Allohu taolo kifoyadir.” (Bayhaqiy) “Kunduzi “Allohumma ma asbaha bi min ni’matin av bi ahadin min xalqika fa minka vahdaka la shariyka laka falakal hamdu va lakash-shukr” duosini o‘qigan kishi shu kunning, shom vaqti o‘qigan odam esa, shu kechaning shukrini ado etgan bo‘ladi.” (M.Rabboniy, 3/17) (Kechqurun o‘qilsa “asbaha” o‘rniga “amso” deyiladi.) “Bir kimsa tongda va shomda 100 marta “Subhonallohi va bihamdihi” desa hech kim uningchalik savob qozona olmaydi.” (Daylamiy) “Uydan chiqayotganda “Bismillohi tavakkaltu alalloh la havla va la quvvata illa billoh” degan kishi tahlikalardan himoyalanadi, shayton undan uzoqlashadi.” (Termiziy) “ “La havla...” o‘qish 99 dardga davodir. Bularning eng engili g‘am-tashvishdan qutulishdir.” (Abu Nuaym) (Imom Rabboniy hazratlari din va dunyo zararlaridan saqlanish uchun har kuni besh yuz marta “La havla vala quvvata illa billoh” o‘qirdi. O‘qishni boshlashdan avval va tugatganidan keyin 100 martadan salovot aytardi.) “Har kuni 100 marta salovot aytgan odam munofiqlikdan va Jahannam otashidan uzoqlashadi. Qiyomatda shahidlar bilan birga bo‘ladi.” (Tabaroniy) “Kunda 25 marta “Allohumma borikli fil mavt va fi ma badal mavt” ni o‘qigan kishi shahid bo‘ladi.” (Radd-ul muxtor) “Kechqurun Amanarasuluni o‘qigan kishi uchun bu ikki oyat har narsaga etarlidir. Bu ikki oyatni xuftondan keyin o‘qigan odamga kechani ibodat bilan o‘tkazgandek savob beriladi.” (Shir’a) “Taborakani o‘qimasdan yotma. Qabr azobini daf qiladi. Har kechasi Taboraka o‘qigan kishi Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazgandek savobga erishadi.” (Ey o‘g‘il ilmiholi) “Uyga kirayotganda Ixlos surasini o‘qigan kishi yo‘qsillik ko‘rmaydi.” (Tazkiratul Qurtubiy) “Uydan chiqayotganda Oyatal kursi o‘qigan odam uchun farishtalar uyga qaytguniga qadar duo qilishadi.” (Ey o‘g‘il ilmiholi) “G‘am-tashvishi yoki qarzi bo‘lgan odam ming marta “La havla vala quvvata illa billahil aliyyul oziym” desa Allohu taolo ishini osonlashtiradi.” (Shir’a) “Istig‘for aytishda davom etgan kishi har qanaqa g‘amdan qutuladi, kutmagan joydan rizqlanadi.” (Ibn Moja) (Istig‘for sifatida “Astag‘firullohal oziym allazi la iloha illa huval hayyal qayyum va atubi ilayh” ni o‘qish kerak.) “Kuniga 100 marta “La iloha illalloh” degan kishining yuzi qiyomatda oydek porlaydi.” (Tabaroniy) “Bir joyga kelgan odam “A’uzu bikalimatillohit-taammati min sharri ma xolaq” ni o‘qisa, o‘sha joydan ketgunigacha unga hech qanday zarar kelmaydi.” (Muslim). Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 08:52 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar