Taloqqa oid masala

Assalomu alaykum! Agar er ayoliga falon bir joyga borsang 3 taloqsan degan bo‘lsa, ayol o‘sha man qilingan joyga borsa taloq tushadi albatta. Lekin, bu ish sodir bo‘lmasa, ayol eriga itoatli yashagan holda boshqa bir sabab orqali eridan 1 taloq olsa, so‘ng yana qayta nikoh o‘qitib yashab yurishsa, yuqorida aytilgan, ya’ni falon bir joyga borsang 3 taloqsan degan xukm o‘z kuchida qoladimi? Savol shundaki, bu vaqt orasida er o‘sha shartni qayta qo‘ymagan bo‘lsa, ayol eridan ruxsat olib o‘sha avval ta’qiqlangan joyga borsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iddasi chiqmasidan oldin yana yashagan bo‘lsa, kuchda qoladi. Iddasi chiqib, keyin u ayol o‘sha vaqtda o‘sha ishni bajargan bo‘lsa, keyin qayta nikohlanishsa, kuchi qolmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar