O‘rtog‘im foizlik kreditni bankdan uzish uchun mendan qarz istamoqda

O‘rtog‘im ibodatlik, lekin bankdan foizlik kredit olib ikkita mashina (avtoulov) sotib olgan. Haromligini oldin ham bilgan, lekin endi tushungan shekilli, mendan foizlik kreditni uzishga yordam so‘rayapti. Men unga qarzga pul bersam, uning foiz ishiga aralashib qolgan bo‘lmaymanmi? U qarzni ilk mashinasi foizlik kreditini uzish uchun so‘rayapti, ikkinchi mashina foizlik kreditini uzish uchun yana bir ikki yil ishlashi kerak. Unga qarz bersam gunohkor bo‘lib kolamanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
U odam tavba qilib, gunohdan qutilish uchun so‘rayotgan bo‘lsa, qarzning tanini uzish uchun bercangiz bo‘ladi.

29 Aprel 2022, 09:35 | Savol-javoblar | 186 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar