Qasamga kiradimi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir inson jahli qilib chiqib “men yana sen bergan narsani esam xarom bo‘lsin” deb qasam ichsa va qasamini buzib qo‘ysa buni kafforatini to‘lash uchun cho‘ri ozod qilolmaydi, 10 ta miskin taomlantirolmaydi lekin 3 kun ro‘za tutolaydi va buni qanda tutadi ketma-ketmi?2). Bir inson ko‘p yolg‘on gap ishlatadi. O‘sha inson do‘stiga men boshqa yolg‘on gapirmayman deb qasam ichdi va yana senga yolg‘on gapirsam do‘zoxiy bo‘lay dedi, lekin yolg‘on ishlatib qo‘ydi. Buni kafforati qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ketma ket. 2). Qasamning kafforatini to‘laydi. Qasam bilan do‘zaxiy bo‘lib qolmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 18:49 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar