Qon chiqazib xudoyi qilish

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Yaqinda mashina sotib oldik. Yaqinlarimiz qon chiqazib, domla chaqirib xudoyi qilinglar yana to‘rtala balonini xam qonlab qo‘yinglar deyishmoqda. Nima qilishni bilmay qoldik. Nima maslaxat berasizlar, hurmatli ustozlar? Javoblaringiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda Allohdan o‘zgani muqaddas va ulug‘ sanab uning uchun jonliq so‘yishni shirk deyilgan. Masalan hajdan kelgan insonning oyog‘i ostiga qo‘y so‘yish, mansab martabali kishi kelganiga atab oyog‘ini ostiga qo‘y so‘yish, xuddi shuningdek biror mozorga atab jonliq so‘yish kabilar(agar oyog‘ining ostiga emas, balki mehmonlarga taom tayyorlash uchun so‘ysa zarari yo‘q). Xuddi shuningdek juda ko‘p mashina olganlar yoki mashinasi buzilishni boshlaganlar Dovud alayhissalom, yoki qandaydir temir piriga atab xo‘roz, himmati oshib ketganlari qo‘y so‘yishadi. Bu ham shirk hisoblanadi. Musulmon bo‘lish asosiy narsa bo‘lganidek, undan chiqaradigan amallarni ham bilish va undan ehtiyot bo‘lish ham shunchalar zarur. Hozirgi kunda o‘zlarini orqali, bobolarim yoki momolarim bor deb nom chiqargan shaytonning do‘stlari bor. O‘zlarini Allohga eng muqarrab banda deb bilishadi. Shariat mezoniga solinganida ular dindan tashqari odam hisoblanishadi. O‘shandaylar odamlarni jinlarga atab qo‘y, tovuq kabilarni so‘yishga buyurishadi. So‘ygandan keyin jinlarni to‘planishi uchun qonini u er bu erlariga surtishini vazifa qilib berishadi. Aslida esa o‘shanday joylarga jinlar to‘planadi. Buyuruvchilarning yangi makoni paydo bo‘ladi. Inson kofir bo‘lganidan keyin har qancha qilgan ibodatining foydasi bo‘lmaydi. Buning uchun avvalida kufrga buyurib ortidan yaxshiliklarga buyurishining hech qanday foydasi yo‘q. Bunga aldanmaslik kerak. Odatda jinlar shunday najosat, qon, zino bo‘lgan joylarga joylashishadi. Keyin bir umr odamni ishi yurishmasa o‘shanday jinlarga foyda keltiradigan omilga aylanib qolishadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 09:46 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar