Injil va kimiyoyi saodat duosi haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir tanishimni Injil o‘qiyotganda ko‘rib qoldim va undan nima sababdan o‘qiganini so‘radim u bo‘lsa menga bu Xudoning kitobi deya javob qaytardi. Men bo‘lsam unga o‘zgartirishlar kiritilganini u Xudoning kitobi emas deb aytdim. Nima men noto‘g‘ri aytibmanmi? Injil haqida ma’lumot bersangizlar, tanishimga yuborar edim. Ikkinchi savolim kimiyoyi saodat duosi haqida va uning xosiyatlari haqida so‘ramoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Hozirgi kunda injilni o‘zgartirib yuborilgan. Agar hozirgi kungacha ularning kitoblari o‘zgarmay kelganida edi, ular albatta musulmon bo‘lishar edi. Chunki o‘zgartirishlaridan oldin kitoblarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida bashoratlar bo‘lib, u zotga ergashishga buyurilgan.عن جابر رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم حين أتاه عمر فقال : إنا نسمع أحاديث من يهود تعجبنا ، أفترى أن نكتب بعضها ؟ فقال : أمتهوكون أنتم كما تهوكت اليهود والنصارى ؟ ! لقد جئتكم بها بيضاء نقية، ولو كان موسى حيا ما وسعه إلا اتباعي» . رواه أحمد، والبيهقي Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Umar kelib “Biz yahudiylardan hadis(hikoya va ma’ruza)lar eshitamiz” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlar(o‘z diningiz haqida) yahudiy va nasorolar kabi shak shubhadamisiz? Men sizlarga ochiq-oydin, sof, xolis(din)ni keltirdim. Agar Muso tirik bo‘lganida menga ergashishdan boshqa narsa qilishi joiz bo‘lmas edi” dedilar». Imom Ahmad va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam! 2). https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=32959.0https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=20308.0

25 Aprel 2022, 17:23 | Savol-javoblar | 187 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar