Qabrni somonli loy suvoq qilish mumkinmi?
Shayh Hazratlari biz yaqinlarimiz qabrlarini ikki uch bazida har yili somonli loy suvoq qilar edik qabristoning yangi go‘rkovi bu holatni ko‘rib bu ishimiz hatoligini qabr er bilan bir tekis bo‘lib ketishi lozimligini bizga qandaydur juda eski kitobdan o‘qiganligini aytdi bizning qabrlarni suvoq qilishimiz hato hisoblanadimi? aslida nima qilishimiz kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qabrning usti bir qarich miqdorida ko‘tariladi. Qabrning ustini tuyaning o‘rkachiga o‘xshatib ko‘tariladi. Qabrni gips bilan suvash, ustiga bino qilish, yozuv yozish, uning yonida yotib qolish, masjid qilish, uni o‘pish, tavof qilish, uning yonida xushbo‘y narsa tutatish, uning tuprog‘idan shifo tilash kabi ishlar makruhdir. Qabrning ustiga mayda toshlar, bir dona kattaroq tosh qo‘yib belgilansa, joiz. Siz aytgan narsa ham joiz. Qabrga chiroq qo‘yish joiz emas.
29 Aprel 2022, 09:46 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda