Onamning gaplari xaqida

Assalomu alaykum! Uyda 3ta aka-uka yashaymiz men eng kichigi. Onam akalarimning ayolarriga eringizni yasan tusan qilib bayram qilib kutib oling deb aytdilar. Bu narsa qanchalik to‘g‘ri? Chunki kenayilarim menga, katta akamning ayoli kichik akamga va xokazolar nomaxram xisoblanishadi, bo‘yanib kutib olishligi mumkunmi? Fitna extimoli bo‘lmasachi? Ular xijobda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol erining aka-ukalari uchun ziynatlanishi halol emas. عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالدُّخُولَ عَلَى النِّسَاءِ. فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَرَأَيْتَ الْحَمْوَ؟ قَالَ: الْحَمْوُ الْمَوْتُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّUqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ayollarning oldiga kirishdan ehtiyot bo‘ling!» dedilar.
Shunda bir odam:
«Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.
«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u zot».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

28 Iyun 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar