Iltimos, uylanish xakida

Assalomu alaykum Shayx xazratlari. Mening ismim Bexzod, Andijon shaxridanman eshim 27 da, yaxshi bir davlat idorasida muxandis bulib ishlayman,uylanmaganman. Sizning maslaxatingizga muxtoj bulib bu savolimni sizga bermokchiman. Oilada 4 fazandmiz 2 ta opam va 1 singlim bor. Katta opam va singlimni uzatganmiz oilali, farzandlari xam bor. Kichik opam mendan 3 esh katta bundan 12 yil avval kattik ruxiy kasal bulib kolgan, xozir ancha yaxshi xamma narsani tushunadi lekin gapirmay kuygan. Bir insonni emon kurib kolsa umuman emon kurib koladi. Ota-onamni aytganlarini xam kup vakti inobatga olmaydi, uyda utiradi lekin birovga emonligi yuk. Uyimdagilar shu sabab meni shu kungacha uylantirishmagan va men xam uzim xoxlamagan edim. Chunki bizning uyga kelin bulib keladigan insonga juda ogir bulishi anik edi. Chunki opam uzi bilmagan xolda vakti kelganida ota-onamni xam jerkib tashlar edi. Ota-onam agar kelin olsak uni kurib uksib kolarmikin, kelgan kelinni xam jerkib bersa kelin xam kiynalib kolarmikin axir xar bir inson yaxshi erga kelin bulib tushay, yaxshi erga kizimni bera deydiku xar bir kiz va ota-onasi. Shu sabab men xam uylanishda shoshilmadim, xamma dustlarim uylanib 2-3 tadan bolali bulishgan. Men bir kizni sevib koldim mendan 3 esh kichik, bundan 2 yilcha ilgari tanishganmiz.U kiz Kirgizistonning Ush viloyatidan. Oilada 2 ta farzand va elgiz onasi bilan birga yashashadi. U kizga oilam, opam va sharoitimiz xakida kup marta aytganman. Tuy kilish niyatida edik lekin Ush vokealari sodir bulib ketdi. Ush vokealarida u kizni ota-onam buvimlardan ruxsat olib kochoklar orasidan uyimizga dadam bilan birga borib olib keldik, onasi va ukasi Ush shaxrida kolib ketishgan edi, karindoshlari esa boshka tarafga kochib ketishgan edi. Biznikida 3 xaftalarcha turdi bu vakt oraligida yakinlarimi sharoitimizni va opamning kanday axvolda ekanligini kurib bildi. Tuy kilmokchimiz ota-onam u kizga uylanishimga rozi, ularni sharoiti tuy kiladigan darajada emas. Kup davlat idoralaridan surishtirdim u kizni konuniy olib kelib ruyxatga kuyish koidalari xakida. Kaysi davlat idorasiga borsam xammasi UYLANMANG, KEYINChALIK JUDA KIYNALASIZ, BU KETIShDA KIRGIZISTON BILAN MUNSABATLAR XECh KAChON YaXShILANMAYDI, KEYINChALIK KONUNIY RUYXATNI UZAYTIRIShDA, KELAJAKDAGI IShLARIZDA XAM KUP MUAMMOLAR BULIShI MUMKIN degan gaplar bilan uz maslaxatlarini berishyapti. Lekin u kizdan voz kechgim yuk, Alloxga tavakkal deb bariga kul siltab ish tutgim kelyapti. U kiz xakida xam 2 ogiz gapiradigan bulsam. Kup kiyinchiliklarni kurgan, otasi ularni eshligida tashlab ketgan ekan maktabni bitirib zamonviy kurslarni bitirib mobil aloka kompaniyasida ishlab kelgan, 5 vakt namoz ukiydi. Shayx xazratlari sizga uzim xakimda ozmi kupmi gapirib berdim. Xozir men juda kiyin sharoitdaman, nima kilishga xam xayron bulib koldim. Ota-onam shu 1 oyni ichida tuy kilish niyatida. Maslaxat bering uylanishimda bu ishlarda kanday yul tutay, u kizdan voz kechib uzimga yakinrok erdan uylanaymi eki shu ishni oxirigacha boraymi? Shayx xazratlari opamni tezrok sogayib ketishi uchun xam duo kiling. Ezganlarimi ukiganiz uchun sizdan minatdor bulib javobingizni intizorlik bilan kutaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh opangizga shifo bersin! Uylanish bo‘yicha istixora namozi o‘qing.

29 Aprel 2022, 10:07 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar