Jelatinli dori

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, jelatin to‘g‘risidagi savol javoblarni va sizlar yuborgan linkdagi maqolani o‘qib chiqdim. To‘ng‘izniki bo‘lmasa halol ekan. Ammo qaysi hayvondan olingan ekanini bilmasak, ya’ni dorilarga yozilmagan bo‘lsa nima qilishimiz kerak? Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Musulmonlar bu borada ham juda ortda qolmoqdamiz. Yahudiy millatiga mansub kishilar tashqaridan dori olib keltirishda o‘z dinlariga munosib dorilarni olib keltirishadi. Buyurtma berganida ham jelatini to‘ng‘izniki bo‘lmasligi shartini kelishuvga kiritishadi. Biz ham shuni boshlashimiz kerak. Insulin ham to‘ng‘izning qaysi bir a’zosidan olinadi. Shu doriga muhtoj bo‘lgan kishilar uchun ulamolar iste’moli joizligiga fatvo berishgan. Shu darajadagi zaruratingiz bo‘lsa iste’moli joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:54 | Savol-javoblar | 145 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar