Yomonlash

Assalomu alaykum! Birov sizni otangiz haqida yomon gap gapirsa-yu, uning gapida ba’zilari haq va ba’zilari nohaq bo‘lsa buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tuhmat hisoblanadi. عن سهل بن معاذ الجهني عن أبيه رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال : " من رمى مسلماً بشيء يريد شينه به حبسه الله على جسر جهنم حتى يخرج مما قال رواه الإمام أحمد وأبو داود والطبراني Sahl ibn Mu’oz Juhaniy otasidan rivoyat qiladi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Kim ayblash maqsadida biror musulmonga tuhmat qilsa Alloh uni jahannamning ko‘prigi ustida aytgan gapidan qutqaradigan narsani keltirgunicha tutib turadi”. Boshqa bir rivoyatda “aytgan gapidan qutqaradigan narsa(dalil)ni keltirgunicha do‘zax o‘tida tutib turadi” deganlar. Imom Ahmad, Abu Dovud va Tabaroniylar rivoyati. O‘zi yo‘q narsani tuhmat qilgan bo‘lsa nimani keltiradi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar