O‘zimni pulimdan onamga yordam berish

Assalomu aleykum ! Onam bilan doim gaplashib turishimiz uchun o‘z maoshimdan telefon olib berib yuborsam va buni xo‘jayinimga bildirmasam,(chunki ular bunga ruxsat bermasliklarini bilaman) xo‘jainimga nisbatan itoatsizlik qilgan bo‘lamanmi? Onam uchun bu maoshimdan berkitib yiqqanman, xo‘jainimga topshiraman oyligimni. Onam yolg‘iz ayol, shunga onda-sonda yordam puli jo‘natib tursam ham xohlamaydilar. Noto‘g‘ri ish qilmayapmanmi deb qo‘rqaman. Oldindan rahmat sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri ish qilayapsiz ekan. Shaxsiy mulkingizdan bersangiz ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar