Oilani tiklash
Assalomu alaykum! Birovni oilasini tiklash maksadida o‘sha oilaga aralashish qanchalik to‘g‘ri? Ovsinimni qizi uyiga gap tashishi oqibatida oilasi buzilishi arafasida turibdi, bundan tashqari kuyovning otasining ikkinchi oilasi borligi va eriga qasd qilib onasi erkaklar bilan ochiq oydin munosabatda bo‘lgani uchun qaytib kelgan qizini kelinlik uyiga yuborishmayapti, ulardan bo‘lgan zurriyoding o‘shalarga tortib ketadi, nopok bo‘ladi, degan vajlarni keltirishmoqda. Ammo kelin xam kuyov xam birga yashash istagida. Men ularni oilasi saqlanib qolishi tarafdoriman, lekin qaynonam xam, ovsinim xam mendan qizlarini ajralishga undashimni so‘rashyapti. Ularga rad javobini berdim. Shunday vaziyatda ularni xayotiga aralashib, oilasini saqlab qolishga xarakat qilishim joizmi yoki aralashmaganim ma’qulmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar oralarini isloh bo‘lishiga ko‘zingiz etsa, oilani saqlab qolish katta savob, harakat qiling. O‘zlari Allohga yolvorib echimini so‘rashsin. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 203 | Oila va turmush