Namoz vaqtida og‘izdan qon chiqib qolsa uni bilmasa

Assalomu alaykum! Namoz vaqtida namoz o‘qiyotgan insoni tishini orasidan qon chiqib qolsa, lekin u inson qonni bilmasa nima qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiqqanini qanday biladi? Namozda turgan holatda kaftiga tupirib qaraydi. Agar tupuk qizil bo‘lsa namoz buzilgan bo‘ladi, chiqib ketaveradi. Sariq rangli bo‘lsa namozni davom ettiraveradi. Tupugini cho‘ntagining ichiga qo‘lini solib biror narsaga artib qo‘yaveradi. Bu bilan namoz buzilmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 155 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar