Tushda qiyomat bo‘ls

Assalomu alaykum! Tushimda qiyomat bo‘layotgan edi. Quyosh chiqadigan joyidan chiqmadi, erlar qo‘porilib, dobbatul arz ham chiqdi. Men endi hammasi tamom, o‘sha kun keldi, qazo namozlarimu qarzlarim qoldi, bu tush ham emas. Endi nima qildim, deb daxshatga tushdim. Xayriyatki bu tushim ekan. Odatda bunday tush ko‘rmas edim va tushlarga ko‘p ham e’tibor bermasdim. Lekin bu tushdan keyin ahli ilmlardan hikmatini bilmoqchi bo‘ldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tush ogohlantirishdir. Ogohlaning. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 14:10 | Savol-javoblar | 227 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar