Xotin itoatsiz bo‘lsa
Assalomu alaykum! Xotin erining tushuntirish va talab qilishiga qaramay namoz o‘qishdan, ko‘chada risoladagidek kiyinib yurishdan bosh tortmoqda. Shu holatda kuch ishlatsa bo‘ladimi yoki taloq berish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taloq berishga shoshilmaslik kerak. lekin holatiga rozi bo‘lib ham turmaslik kerak. Alloh taolo bunday ayollar haqida : «Bosh ko‘tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring». Ammo urish deganda, qattiq kaltaklash, a’zolarini sindirish yoki boshqa jarohatlar etkazish tushunilmasin. O‘tgan ahli solih ulamolarning birlaridan ushbu oyati karimada izn berilgan urishning ma’nosi so‘ralganida, «Misvok yoki biror barmoq bilan turtish», – degan ekanlar. Hadis kitoblarida rivoyat qilinishicha, Muoviya ibn Hayra Qushayriy roziyallohu anhu: «Ey Allohning Rasuli, xotinlarimizning bizdagi haqlari nima?» – deb so‘raganida, Nabiy alayhissalom: «Agar taom esang, unga ham edirasan, kiyim kiysang, unga ham kiydirasan, yuziga urma, yomon so‘kma, tashqarida hijron qilma», – deganlar. Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning cho‘rilarini urmanglar!» – deganlar. Bunga o‘xshash hadislar ko‘p. Ko‘rinib turibdiki, oyati karimadagi urishga berilgan izn faqat siyosat uchun, o‘zini bilmagan ayollarga ta’sir o‘tkazish uchundir. Ayol kishi tabiatan achchig‘i tez chiqadigan, ta’sirchan, shoshqaloq bo‘ladi. Sal narsa bahonasida eriga nisbatan itoatsizlik va beodoblik qilib qo‘yishi mumkin. Ammo keyin o‘ziga kelib, itoatga qaytsa, ularga qarshi chora ko‘rishga zarurat qolmaydi. Yuqorida sanalgan chora-tadbirlarni ham qo‘llash shart bo‘lmaydi. «Agar itoat qilsalar, ularga qarshi bosh¬qa yo‘l axtarmang». Bu narsa oilani mustahkamlashga omil bo‘ladigan ishdir. Chunki bir-biriga nisbatan kechirimli bo‘lish doimo yaxshilik omilidir. Agar kim bu ko‘rsatmalarga yurmasa, o‘zidan ko‘rsin. Chunki: «Albatta, Alloh Oliydir, Ulug‘dir». Mazkur choralarni qo‘llash bilan oilaviy muammolar batamom hal bo‘lib qolmaydi. Ba’zida bular ham naf bermasligi mumkin. Unday holatda nima qilish kerakligini keyingi oyat bayon qiladi: وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُواْ حَكَمًا مِّنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِّنْ أَهْلِهَا إِن يُرِيدَا إِصْلاَحًا يُوَفِّقِ اللّهُ بَيْنَهُمَا إِنَّ اللّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا 35. Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo‘rqsangiz, u(er)ning ahlidan bir hakam va bu(xotin)ning ahlidan bir hakam yuboring. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh u(er-xotin)larning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta xabardordir. Bu oyati karimada kelishmovchilik ham er, ham xotin tomonidan chiqqan paytda ko‘riladigan chora haqida gap ketmoqda. Bu holatda oilaning sirini tashqariga chiqarmasdan hal etishning iloji qolmagan bo‘ladi. Endi boshqalar aralashib bo‘lsa ham, oilani saqlab qolishga harak’at qilinadi. «Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo‘rqsangiz, u(er)ning ahlidan bir hakam va bu(xotin)ning ahlidan bir hakam yuboring». Er o‘zi rozi bo‘lgan qarindoshini, xotin ham o‘zi rozi bo‘lgan bir qarindoshini hakamlikka tayin qiladilar. Rozilik keyinchalik hakamlar chiqargan hukmga ham rozi bo‘lishlari uchun kerak bo‘ladi. Albatta, hakamlar aqlli, tajribali, turmushning pastu balandidan xabardor kishilar bo‘lishi lozim. Tabiiyki, ikkovlari ham Allohdan qo‘rqqan holda adolatli hukm chiqarishga harak’at qilishlari kerak. Hakamlarning asosiy vazifasi eru xotin orasini isloh qilishdir. Shuning uchun ham oyati karimada «Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh u(er-xotin)larning orasini muvofiqlashtirur», deb, hakamlarga islohchilik nisbati berilmoqda. Xuddi shu tushunchadan kelib chiqib, ba’zi ulamolar: «Hakamlarga faqat yarashtirish isloh huquqi berilgan», – deydilar. Boshqalari esa «Holatni o‘rgangach, isloh qilishning iloji yo‘qligiga amin bo‘lishsa, eru xotinni ajratib qo‘yishga ham haqlari bor, shuningdek, ularga tegishli jazo choralarini, molu mulkka oid masalalarni ham hal qilishadi», – deydilar. Hazrati Usmon ibn Affon Zinnurayni vaqtlarida xuddi shu oyati karimaga amal qilib, ish yuritilganligi tafsir kitoblarimizda naql qilinadi: «Aqiyl ibn Abu Tolib Fotima binti Utba ibn Robi’aga uylangan edi. Ayol: «Sen menga sabr qilsang, men senga nafaqa beraman», – degan edi. Eri ko‘chadan kelsa, «Utba ibn Robi’a va Shayba ibn Robi’alar qaerda?» – deb so‘rardi. Bir kuni eri: «Do‘zaxga kirsang, sening chap tomoningda bo‘ladilar», – deb javob qildi. Xotin kiyimlarini kiyib, xalifa hazrati Usmonning huzuriga borib, bo‘lgan voqeani aytdi. Hazrati Usmon kuldilar-da, Abdulloh ibn Abbos bilan Muoviya ibn Abu Sufyonlarni chaqirib, hakam etib tayinladilar va ularga: «Agar yarashtirishni istasangiz, yarashtiring, ajratishni istasangiz, ajratinglar», – dedilar». Albatta, hakamlar o‘zlarining insoniy cheklangan ilmlari va imkonlari doirasida hukm chiqaradilar. Qolgani esa har bir narsani o‘zining cheksiz ilmi ila biluvchi va har bir ishdan xabardor Alloh taoloning o‘ziga havola. «Albatta, Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta xabardordir». “Niso”surasi 34-35-oyatlari. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush