Rayhona ismi haqida

Assalomu alaykum! Bu savol tanishimninig iltimosi bilan. U yaqinda qiz farzandli bo‘ldi. Qiziga Rayhona ismini qo‘ymoqchi. Iltimos shu ismni ma’nosi va qaysi millatga tegishliligini aytib beringlar. Shu ismni qo‘ysa bo‘ladimi? Oldindan tashakkur.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rayhona hammaga ma’lum bo‘lgan xush bo‘y, xush ta’am bo‘lgan rayhon o‘simligining nomi. Arablarda : “Ayol rayhonadir, qahramona(uy boshlig‘i) emas” degan maqol bor. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar