Xulqi buzuq ayollar

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, yoshim 18 da, kundan-kunga ko‘chada yarim yalang‘och qizlarni ko‘rganimda hayolim ketib, darslarim va boshqa ishlarimga xalaqit berayapti. Nima qilsam bo‘ladi? Biriga qaramay desam, boshqa tarafdan yana boshqasi chiqadi. Iltimos yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozlarimizdan biri : “Tog‘da yashovchi bir valiyning huzurlariga boruvchi uchta shaxsni misol qilib keltirgan. Ulardan biri tog‘da yashab, u erda uni chalg‘itadigan hech narsa yo‘q. Valiy huzuriga borish uchun yo‘lda unga qarshi chiquvchi qaroqchilar yo‘q, masofa qiyinchilik va mashaqqat tug‘dirmaydi. Ikkinchisi qishloqda yashab, u uchun esa bola-chaqa, ro‘zg‘or, dehqonchilikdan bo‘shab, qishloqdan toqqacha yo‘l yurish mashaqqati, ko‘p bo‘lmasada yo‘lda unga qarshi chiquvchi qaroqchilar bor. Uchinchisi shaharda yashaydi. Uning atrofi to‘la qaroqchi, valiy huzuriga etib borgunicha dushmanning o‘qlariga duchor bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham valiy huzuriga boradi. Aytingchi qaysi biri valiy huzurida hurmatga sazovordir. Hech qanday mashaqqatsiz tog‘da yashovchimi? Ba’zi bir to‘siqlarga ro‘baro‘ keluvchi qishloqda yashovchimi? Yoki shahardan keluvchimi?”.
Hadisda : عن حذيفة ، رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم : » النظرة سهم من سهام إبليس مسمومة فمن تركها من خوف الله أثابه جل وعز إيمانا يجد حلاوته في قلبه » . » هذا حديث صحيح الإسناد ولم يخرجاه . Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Nazar shaytonning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim Allohdan qo‘rqib uni tark etsa, Alloh taolo uning mukofotiga qalbida halovatini topadigan iymonni ato qiladi». Hokim rivoyati.
deyilgan. Tog‘da yashovchining qalbiga bunday nayzalarning xavfi yo‘q. Qishloqda yashovchiga biroz bo‘lsada, shahardagichalik emas. Shahardan keluvchining qalbi esa, u zaharli o‘qlar bilan yaralangan bo‘ladi. Shunday bo‘lsada Allohning roziligiga intiladigan bo‘lsa, Allohning huzurida uning qadri ham yuqori bo‘ladi – degan. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar