Namozni o‘qiyolmaslik
Assalomu alaykum! Man yaqinda aperatsiya bo‘ldim, 3 yil oldin, suyagim egri, ichkariga o‘sib yuragim va o‘pkamni joyidan siljitgani tufayli ichimga ya’ni qovurg‘amga metall plastina shrublab qo‘yilgan edi. Yaqinda o‘sha metal plastinani aperatsiya qilib ichimdan olib tashlashdi. Xozir to‘g‘risi o‘zim junub xolatdaman va yana aperatsiyadan chiqqanimdan keyin xamma joyim qon edi, yana boshqa joylarimga xam qon tomgan. Bilamizki qon najosatdir, xozir uni artgan bilan xam 100% toza bo‘lmaydi, ustiga junub xolatda man, namozlarim qolib ketyapti nima qilay ustozlar... G‘usl qila olmayman, yaram xali bitmagan, suv tegsa gazak oladi. Qanday yo‘l tutay juda xam tushkunlikka tushyapman, namozimni o‘qiyolmayapman. Uydagilarim 1 oycha cho‘milmaysan deyishyapti, to‘liq yarang bitib ketganidan keyin cho‘milib qazo qilgan namozlaringni o‘qib olasan deyishyapti. Shunday qilish mumkinmi? Axir namozda xech qanday uzur yo‘q deyishadiku... Eng qo‘rqayatganim shu junub xolimda, namoz o‘qimayatgan xolimda jonim chiqib qolsachi, axir kimni umri qachaligini bandasi bilmaydiku?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Cho‘mila olmasangiz junublikdan poklanishni niyat qilib tayammum qiling. U qonlarni nam salfetkada artsangiz ham toza bo‘laveradi. Bu erda shariat bergan ruxsatdan mazza qilib foydalaning. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 08:29 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar