Investitsiya kiritish yoki bankdagi depozit evaziga foiz olish sudhorlikmi?

Assalomu alaykum azizlar.Meni quyidagi savol anchadan buyon o‘ylantirib keladi,Investitsiya kiritish (aktsiya, obligatsiya va h.k) yoki banklardagi depozit hisobidan foiz olish sudho‘rlikka kiradimi?Quronda va hadislarda sudho‘rlikning har qanday ko‘rinishi harom deyilgan, ammo kapitalizimning asosida investitsiya yotadi va bilishimcha islom davlatlari ham bu ishni amalga oshirishadi. foizga keladigan bo‘lsak uni tushuntiruvchi qator adolatli jihatlar bor ularning ayrimlari:inflyatsiyadan saqlash (inflyatsiyani qoplash)pulni havfga qo‘yganiga evazsherikchilik (aktsiyadordan - biznesni yuritish uchun pul, emitentdan - mehnat, foyda o‘rtada shundan dividend yoki foiz)Shu kabi savol avval ham berilganmi - yo‘qmi aniqlash maqsadida o‘zgina qidirdim va ushbu manzilda:https://www.islom.uz/fatvo/viewtopi’.php?p=876&sid=9e73d4186f018af1db09b7d9351d5d2f shunga o‘hshash savolga (Bu savolning javobi berilgan. Uni xamma biladi.) deb javob berilgan ammo bu aniq savolga aniq javob emas, ko‘proq javobdan qochishga o‘hshaydi.Iltimos kim bilsa aniqroq (dadilroq) javob bersangiz aniq bilmasangiz bu boradagi fikringizni yozing.Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
[quote author=Shavkat 1987.07 link=topi’=15518.msg122416#msg122416 date=1253402373]Ijara haqi olish ham sudho‘rlikmi?Bir oz aql va farosatni ishlatib ko‘rish ham kerak. Qanday qilib ijara haqi olish sudxo‘rlik bo‘ladi?! Umuman kitob o‘qimay yuraverish shu holatga olib keladi. Fiqh kitoblarining barchasida “ijara bobi” deb atalgan bo‘limlar bor. Ularda ijara ishlarini olib borish bayon qilinadi. Agar ijara sudxo‘rlik bo‘lsa, shu ishlar qilinar edimi?!

29 Aprel 2022, 16:43 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar