Yosin surasini krilchada o‘qish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar yosin surasini kitobdan o‘qisa bo‘ladimi? Chilla yosin ukish uchun kiril alifbosida arabcha yozilgan kitoblardan foydalansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biror mutaxassisdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri o‘qiyotganligingizni tekshirtirib oling. Chunki arab alifbosida to‘rt hil “Z”, uch hil “S” va uch hil “H”lar bo‘lib, ularni kirillchada o‘rinbosari yo‘q. Ularning birini o‘rniga boshqasini talaffuz qilish ila ma’no qo‘pol tarzda buziladi va ko‘p o‘rinlarda namozni buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bizning yurtlarda ham avvaliga xalqning savodini nazarda tutib, «Tafsiri Hilol»da ham Qur’on lafzlarini kirill xatida yozilgan edi. Keyinchalik buni to‘xtatildi. Chunki qadimdan ulamolarimiz Qur’on kalimalarini ajam alifbosida yozishni “Qur’onni tahrif qilishlik” deb fatvo berganlar. Ya’ni “Qur’on ma’nolarini buzish” deganlar. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 226 | Qur’oni karim