Universitet qizlariga nasixat

Assalomu alaykum! Allohga behisob shukurlar bo‘lsin bu mubor oy Ramazonga etib keldik. Telekanallarda islomiy ko‘rsatuv olib borilmoqda Alxamdulillah. Xozir ko‘rib o‘tirgan edim, yozishga majbur bo‘ldim. Meni bir savolim va iltimos bor. Xijob kiyish farzmi? Agar satr avrat farz bo‘lsa nega ayrim shu ko‘rsatuvlarda islom akademiyasi talabalari(qizlari) ro‘molsiz chiqishmoqda?! Ular xar jabxada namuna bo‘lishlari kerakmasmi?! Iltimos agar unday chiqishsa chiqishmasin. Bu ekran ortida hijobga kiraman deb astoydil xarakat qilyatganlarga qarshi turganlar mana shu xolatni ko‘rib pesh qilmaydimi? "Ana ular xam ro‘molsiz yuribtiku" deb. Albatta, shu xolatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganligim uchun yozdim. O‘z fikrimni e’tiborga olasizlar degan umiddaman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo duo qiling, ular ham siz aytgandek holatlarga muvaffaq bo‘lsin. O‘zlari aytib berayotgan oyat hadislar ularga albatta ta’sir qiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 161 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar