Maslaxat bering, maslaxatga muxtojman

Assalamu alaykum Shayx janoblari! Iltimos maslaxat beringNikox tuyim bulib, turmushga chikdim. Kelinlik uyimda kaynotam, kaynonam, turmush urtogim va men yashar edik. Avvalgi 1-2 oylari juda chiroyli uta boshladi. Men ilgari ishlar edim. Shu bois turmushga chikkandan keyin xam ishlamokchi bulib, turmush urtogimga aytdim. Ular yuk deb javob kaytardilar. Men ularga tuydan keyin 800.000 sum karzim borligini agar ishlamasam ota-onamga kiyin bulishini aytib ruxsat suradim. Shundan sung bu gaplarni kaynonamga aytib, meni ishlashim uchun ruxsat berganlarini aytdilar. Ishga katnay boshladim Shuni orasida uyda xar xil nizolar chika boshladi. Kaynonam xama narsadan ayb kidiradigan, turmush urtogimga shu ayblarini aytib ularni, menga bulgan munosabatlarini yomonlashtirishga xarakat kila boshladilar. Bularning orasida men xomilador bulib koldim. Bu yangilik turmush urtogim va kaynonamga unchalik yokmadi. Tuyimga 3oy bulganida kasalxonaga tushib koldim. Men kasalxonada yotganimda turmush urtogimning mendan uzoklashayotgani menga bulgan munosabati yomonlashib borayotganini sezib onamga barcha gaplarni aytib yigladim. Turmush urtogim kasalxonadan chikib uyga ketishimni (onamni uyiga) aytdi.Kaynonam, erim judayam yomon munosabatda bulib kolishdi. Kaynonam ovkat kilsam seni kulingdan irganaman, ish kilsam chala kilibsan, uykim kelib ruxsat surab kirib ketsam erimga yomonlar xullas meni yoktirmay kolishdi. Bularni barini onamga aytib kup yiglardim.Bir kun ishga ketgan kunim onam kaynonamni va erimni oldilariga kelib (jon xolatda) bor xakikatni aytibdilar. Ya’ni kaynonamga meni kizimni bunchalik xurlaysizlar u xam birovning bolasi, xomilador deb achchik achchik gaplarni aytib kaynonam bilan biroz urishib kolishdi. Onam keta turib mendan utgan bulsa uzr, uzr deya xayrlashib ketibdilar Uyga kelsam kaynonam erim, kaynagachim men bilan gaplashmay, salomimga alik xam olmay, jim utirishar edi. Shundan sung men uchu nuta daxshatli kunlar boshlandi. Zulm ostida koldim. Erim meni kursa gazabi kaynab, uradigan, kaynonam kargab, soatlab urishadigan xattoki kaynagachilarimni, erimni oldida obrusini tukadigan bulib koldilar. Xullas zulmkorlarni ichida yashay boshladim. Bularni orasida men ulardan kechirim surab yuraverdim, erimni oyoklariga yikilib, yiglab kata xato kilib kuyganimni, Ollox uchun kechirishlarini suradim.Bularni barchasiga guvox bulib turgan kaynotam «kizim bular sizni uldirib kuyishadi, yaxshisi uyga keting xomilangiz yuor, bolani kiynab yuborasiz» deb otamni chakirib tushuntirib meni uyga junatdilar va va’da berib to shu bola tugilmaguncha xech kim xech kaerga bormaydi, xech kim ajrashmaydi deb bizni junatib yubordilar. Oradan bir oy utdi. Uyimizga maxalladan kungirok buldi. Turmush urtogim ajrashishga ariza berganliklari va men bunga roziligimni surab maxallaga borishni aytishdi.Men juda kiyin axvolda koldim. Yana kaytib borib yashayman diyman, lekin kaynonam agar u kelsa, men ketaman, demokdalar. Uzr surab yiglab kechirim surasam xam sendaka yaramas, kabix, xullas yomon gaplar bilan xakorat kilib tashladilar.’Erim sandan noroziman deb takror aytmokda. Agar ajrashishga rozi bulsang mann sandan rozi bulaman, aks xolda ayol urnida kurmayman, sendan kunglim suvigan Deya takrorlamokdalar.Savolim1. Shunday sharoitda nima kilay? Men yashayman diman, uzr surayapman.2. Bularni bari musibatmi yoki bandaning bandaga kilayotgan zulmimi?3. Turmush urtogim aslo namoz ukimaydilar. Men xar namozimda ularga insof, menga sabr va kechirishlarini surayapman. Birga yashashga xarakat kilaveraymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning barcha g‘amlaringizga sherikmiz. Bo‘lib o‘tgan gaplar juda og‘ir. Alloh sizga sabr, ularga insof bersin.1. Hozir qilayotganingiz to‘g‘ri.2. Bular bandaning bandaga qilayotgan zulmi.3. To‘g‘ri qilmoqdasiz.

29 Aprel 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar