Gipertoniklar namoz o‘qishi

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin.
Onamda gipertoniya (surunkali davleniya ortishi) kasalligi bor. Vrachlar boshni pasaytirmaslikni maslaxat beradilar. Qon bosimi doimo 150-100 ko‘rsatgichi bilan yuradi. Lekin ibodatda bardavom. Shuning uchun namozda boshni pastlatmaslik uchun yostiq (yostiqlar) qo‘yib sajda qilish noto‘g‘ri bo‘lmaydimi? Namoz buzilmaydimi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar haqiqatda egilish zarar bersa, zarar qilmaydigan darajada boshni egadilar. Lekin yostiq qo‘yilmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar