Tugri yul

Assalomu alaykum Shayx xazratlari!Tugrisi gapimni nimadan boshlashniyam bilmayapman! Xozirgi axvolimda xech kimdan maslaxatam tasalliyam suray olmiman. Yqinlarimni qiynab kuyishdan, ularni azoblashdan kurqaman. Judayam judayam qiynalib ketdim. Bu voqea xech yuragimdan, aqlimdan ketmayapti. Yozimi yuqmi deb 4 oy uyladim. Oxiri asablarim ketdi. Yozishga qaror qildim. Xullas turmush urtogim bilan bir birimizni sinab, kurib turmush qurganmiz. Ularni judayam hurmat qilardim. Tushlarimdayam ularni hapa qilishni istamaganman. Ular men uchun Olloxning erdagi soyasi edi! Ikkita farzandimiz bor! Juda baxtli edim. Olloxga shukur qaynona qaynotam ham juda oqila pokiza insonla. Shunday insonlarning farzandi buganliklari uchun ulardan kunglim tuq, ishonar edim! Lekin afsuski yaqinda bulib utgan hunuk voqea tufayli dilim vayron buldi. Ular ish yuzasidan safarga ketgandila, 1oydan oshiq. 2ta bolam bilan ularga soglik, kuch, ishlarida omad tilab Olloxdan surab kutib utirdim. Lekin ular keganlarida negadir yuragimda gash paydo b.di, tinchim buzildi,umuman boshqa inson keganday buldi. Uzoq vaqt kurmaganimdan deb chalgimoqchi buldim. Lekin nimadir mani uladan itarar, yaqinlashgim kemas, nafratlanardim. Bir kun kechasi uz uzidan uygonib ketdim va ichimda bir narsa ulani komputerini tekshirishga 1nimalani kidirishga undardi. Va men yarim kechasi ne kuz bilan kurayki turmush urtogim uzi bn birga safarga brogan, turmushga chiqmagan qiz bn yozishmalar qilgan ekan. Xatto menga uylanib xato qilgani, uni oldinroq uchratmaganidan hafa ekanligini yozibdi. Ular birga utgan paytlarini birma bir yozishgan. Dunyo kuzimga korongi bb ketdi, garchi turmush urtogim uzimga har doim men bn baxtli ekani, hayotidan mamnun ekani, ota onasi ham menda rozi ekanliklarini etardilar. Shu kecha man ularga hamma kurganlarimni aytdim, ular kuzlariga yosh olib afsusda ekanini, hato qiganini ,u qiz yuldan urganini tinmi uqtirardila, ammo hech 1 suzga ishongim kelmasdi, chunki hammasi atigi 2-3 kun oldin bugani, va bu payda odam hatosi un afsuslanishi men uchun ishonarsiz edi. 2ta farzandimni uylab, ichimni it tirnadi. Ertasiga oyijonimla bn gaplashdim, ular kunglimni kutarib, dalda berdilar, ugillarini urishdila, kechirishimni iltimos qildilar! Sizga turmush urtogim ham hat yozgandila eslasangiz shunga uxshash voqeani. Siz ulaga boshqa adashmaslikni, oila muqaddasligini, meni esa kechirimli bulib sabrli bulishligimni yozibsiz. Sizni javobingizdan keyin sal kechirganday, unutganday buldim, lekin baribir kunlim dilim ogridi, ularga oldingidek bulolmayapman, kiynalib ketdim. Ulani ustimdan kechirganga uxshasamda ichimdan bir kunam unutolmadim, kechirolmadim, bu ne azob ekan deyman, axir ularni farzandlarimning otasi, umr yuldoshim, suyanganim, ishonganim, himoyachim deb bilardim….4oydan beri yashamadim, na bolalarimga qaray olaman, na uzimga, hayot tuxtab koldi! Qon bosimim oshadigan, yosh bulishimga qaramasdan ancha asabiy buladigan bulib koldim, kayga borib kimdan najot surashni bilmayapma… Ular sizga hiyonat qilmadim deyaptila, lekin men uchun shu gaplani yozganlari, hattoki kuz bilan kigan hiyonatlari uzi etarli.ularda kunglim kolyapti, kechirishni, oldingidek baxtli oila bulishni judayam xoxliman, lekin aqlim, gururim, ongim yul bermayapti. Uzim bilan uzim kurashyapman. Kimningdir hatosi bulib yashashni istamiman, man kimgadir kerak bulishni, kimnidir baxtiyor qilib yashashni hohlaganman. Ular rostdanam shu gaplani yurakdan yozgan busala,afsusda busala,nima kilish kerak degan savolla boshimni kemirib tashladi. Shunchaki yozdim dedila naxotki suz qadri, yigit suzi shu bulsa. Naxotki shu gaplani shunday engiltak ayolga aytib taskin topsala, aybimni uzimga aytsala tuzatardim,. lekin shu paytgacha ular menga bir martayam, kul kutarib, kupol gapirmaganla. Shundan kunglim hotirjam, ularam mendan rozila deb uylardim. Adashibman. Mexr bersang mexr kurasan deyishadi, bilmadim men teskarisini oldim, balki ortiqcha ulaga ishonib kuygandirman. Xullas, uzundan uzoq hikoyam shu. Bilmadim qanchalik tushunarli yozdim. Shayx xazratlari iltimos, maslaxat bering, ularga ishonaymi, qanday kilib yana unutib xammasini boshliy, nima kilsam tugri buladi, ular yana shu kiz bn uchrashib yurgan bulsa….gumon imondan ayiradi bilaman, lekin uzimni boshqaromayapman, u qiz bn kurishib gaplashishga yuragim dov bermadi, tugrisi uzimga ep kurmadim, lekin hayolan har doim u bn olishaman. Iltimos Shayx xazratlari javob yozing kutaman! Shu urinda qizlaga etadiganim bor edi. Iltimos qizla shaningizga dog tushurmang, kimnidir oilasini, muqaddas dargoxini buzmang, sizlar uchun 2 kunlik ermak kimnidir hayotini ostin ustin kiladi, kimlarnidir etim, kimlar’nadir baxtiqaro, yana kimnidirhor kiladi.Oxiratdan kurkib, pok imon bn yashanglar,guldek kizla guldek oilaning bekasi bulinglar, zino, hiyonat, buzuqlik shu paytgacha hech kimga baxt keltirganamas. Uzingizni Xudoning gazabidan asrang. Hammaga Ollox uzi insof bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning holingiz tushunarli. Erning holiga qarang. Tuzalgan bo‘lsa, kechirsangiz yaxshi bo‘ladi. Astag‘firullohni ko‘p ayting. Agar ruxsat bersangiz, qizlarga yozgan gaplaringizni, sizni ochiq aytmay, bir ayoldan deya saytga chiqarar edik.

29 Aprel 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 138 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar