Shunday savdo mumkinmi?

Assalomu alaykum! Yaqinda bozorga chiqdim. Bir ish boshlashdan oldin u ishni shar’iy odob va qoidalari bilan tanishish kerak deb hisoblardim. Lekin to‘satdan chiqqanim uchun va katta mavzu bolgan savdo ilmini o‘rganganim yo‘q. in sha Alloh duolaringiz bilan o‘rganib olamiz. Savolim mening mahsulotim bor va ba’zi odamlarning mahsulotlari yo‘q. Ular mendan shu mahsulotni olishadi, ya’ni sotib olmaydi balki o‘sha kuni sotilsa foyda qo‘yib pulini sotilmasa mahsulotni qaytaradi. Men ularga 100mingga bersam ular xaridorga ustiga foyda qo‘yib sotadi. Menga 100mingni sotganida beradi. Ular sotib olishmaydi nasiyaga, faqat foydalangani oladi. Shu savdo to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ularni o‘z molingizni sotishga vakil qiling va 110.000ga sot, 100.000 menga 10 senga. Undan ortig‘iga ham sotsang ortig‘i ham senga deb xizmat haqqini belgilab qo‘ying. Mabodo sotolmasa qaytarib olaverasiz. Buni sotishga vakil qilish deyiladi. Bu joizdir. Shu o‘rinda vakil bo‘luvchilar bozordagi narxni oshiradigan va makr yolg‘on bo‘ladigan yo‘llarni tutmasinlar. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar