Samalyotda namoz

Assalomu alaykum! Men samolyotda uchgan paytda namoz vaqtini qanday aniqlashni va namozni o‘tirgan xolatda o‘qish mumkinmi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Samolyotda o‘qilgan namozning joiz bo‘lish, bo‘lmasligi borasida olimlar ixtilof qilganlar. Shuning uchun vaqti chiqib ketmasdan avval erga tushsa, erda o‘qib olgani afzaldir. Lekin vaqti chiqib ketadigan bo‘lsa, qiblaga yuzlanib namozini o‘qiydi. Muftiy Sa’iyd Polanpuriy «Imdodul fatavo» kitobining xoshiyasida: «Agar parvoz vaqtida qiblaga yuzlanish, qiyom, ruku’ va sajdaga qodir bo‘lsa, namozi shubhasiz sahih bo‘ladi» deganlar (Imdodul fatavo xoshiyasi, Kitobul fiqh alal mazohibil arbaa). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar