Duo paytida qo‘l ko‘tarilishi va yuzga surtilishi haqida

Muhtaram va Aziz Ustozjonimiz ! Agar savolim no-o‘rinli bo‘lsa uzr so‘rayman oldindan. Savol quydagicha: Har qanday Namoz (Farz va Sunnat namozlari) ning so‘ngida qo‘llar ko‘krak buyi ko‘tarilib duo tugaguncha pastga tushirmasdan va duo tugagandan so‘ng qo‘llar bilan yuzga surtilishi qaysi sahih hadislarda keltirilgan? Umuman bunday qilishlikni Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v) qilganmilar? Oldindan katta rahmat va javobingizni kutib qolaman InshaAlloh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Al-adab al-mufrad
  [url=<">https://hadis.islom.uz/index.php?act=book&sec=17&b_id=13&s_id=1187"><[/url] Oldingi
[url=Kitob">https://hadis.islom.uz/index.php?act=book&sec=17&b_id=13">Kitob[/url] bo‘limlari
[url=Keyingi">https://hadis.islom.uz/index.php?act=book&sec=17&b_id=13&s_id=1189">Keyingi[/url] >  
76-BOB DUODA QO‘LNI KO‘TARISh 
609. Abu Nu’aymdan, u Vahbdir, rivoyat qilinadi: «Ibn Umar va Ibn Zubayrni duo qilayotganlarini, ikki kaftlarini yuzlariga surtayotganlarini ko‘rdim». 610. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki qo‘llarini ko‘tarib: «Allohim! Albatta, men basharman. Meni jazolamagin. Mo‘minlardan qay bir kishiga ozor bergan bo‘lsam yoki so‘kkan bo‘lsam, uning haqda meni jazolamagin!» deya duo qilayotganlarini ko‘rganlar». 611. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Tufayl ibn Amr ad-Davsiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Davs isyon va sarkashlik qildi. Uning ziddiga duo qiling», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiblaga qarab ikki qo‘llarini ko‘tardilar. Odamlar ularni duoibad qiladilar deb o‘ylashdi. Bas, U zot: «Allohim! Davsni hidoyat qilgin va ularni keltirgin!» dedilar». 612. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir yili yomg‘ir yog‘may, qurg‘oqchilik bo‘ldi. Shunda musulmonlardan biri jum’a kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi va: «Ey Allohning Rasuli! Yomg‘ir yog‘may qo‘ydi. Erlar qurib ketdi. Mollar halok bo‘ldi», dedi. Bas, U zot ikki qo‘llarini ko‘tardilar. Osmonda bir parcha bulut ham yo‘q edi. U zot ikki qo‘llarini baland ko‘tardilar. Hatto qo‘ltiqlari oqini ko‘rdim. U zot Allohdan serobchilik, yomg‘ir so‘radilar. Biz jum’ani o‘qib bo‘lmasimizdan yosh yigitga yaqin holidagi ahliga etib olish qiyin bo‘lib qoldi. Yomg‘ir bir hafta davom etdi. Keyingi jum’a bo‘lganida: «Ey Allohning Rasuli! Uylar buzilib ketdi. ulovlilar yura olmay qoldi», dedi. U zot odam bolasining tez malol ko‘rishidan tabassum qildilar va qo‘llari bilan ishora qilib: «Allohim! Atrofimizga! Ustimizga emas!», dedilar. Shunda bulutlar Madiynadan tarqadi». 613. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ikki qo‘llarini ko‘tarib: «Allohim! Albatta, men basharman. Meni jazolamagin. Mo‘minlardan qay bir kishiga ozor bergan bo‘lsam yoki so‘kkan bo‘lsam, uning haqda meni jazolamagin!» deya duo qilayotganlarini ko‘rganlar». 614. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Tufayl ibn Amr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Sizga bir qo‘rg‘on va himoya kerakmi? Davsning qo‘rg‘oni?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh ansoriylarga saqlab qo‘gan narsa sababidan ko‘nmadilar. Bas, Tufayl hijrat qildi. U bilan qavmidan bir kishi ham hijrat qildi. O‘sha kishi bemor bo‘ldi. U chidamay, sudralib borib o‘qdondan bir o‘qni olib ikki tomirini kesib o‘ldi. So‘ng Tufayl uni tushida ko‘rib: «Senga nima bo‘ldi?» dedi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qilgan hijratim uchun menga mag‘firat qilindi», dedi. «Ikki qo‘ling holi qanday?» dedi. «Menga «Qo‘lingdan o‘zing buzganingni biz tuzatmaymiz», deyildi», dedi. Tufayl uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga aytib berdi. U zot ikki qo‘llarini ko‘tarib: «Allohim! Uning ikki qo‘lini ham mag‘firat qil!» dedilar». 615. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam panoh tilab: «Allohim! Men Sendan dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, juda qarib ketishdan va baxillikdan panoh so‘rayman», der edilar». «Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘larlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xo‘jako‘rsinga turarlar va Allohni kamdan kam zikr qilarlar», degan. 616. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jalla: «Men bandam gumoni huzuridaman. Qachon u Menga duo qilsa, Men u bilan birgaman, dedi», dedilar».

29 Aprel 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar